ENRU

Ukraina Oliy Radasi ikki vazirni iste’foga chiqardi

Dunyo
37
Ukraina Oliy Radasi ikki vazirni iste’foga chiqardi
Ukraina Oliy Radasi ikki nafar vazirni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat adliya vaziri German Galushenko va energetika vaziri Svetlana Grinchuk korrupsiya bilan bog‘liq mojaro tufayli iste’foga chiqarildi. Bu haqda parlamentda o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida ma’lum qilindi.

Galushenkoning iste’fosi uchun 323 nafar, Grinchukning iste’fosi uchun esa 315 nafar deputat ovoz berdi. Ushbu qarorlar parlament a’zolari tomonidan ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilindi.

Avvalroq, “Energoatom” davlat kompaniyasi va ukrainalik biznesmen Timur Mindich atrofida yuzaga kelgan korrupsiya ayblovlari sababli mazkur ikki vazir o‘z xizmatidan vaqtincha chetlashtirilgan edi. Oliy Rada a’zolari bu holatga keskin munosabat bildirgan va masalani tezkorlik bilan ko‘rib chiqishni talab qilgan edi.

Aslida vazirlarning iste’fosi bo‘yicha ovoz berish 18-noyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo ayrim deputatlar hukumatning barcha a’zolari iste’fosini talab qilib, parlament minbarini bloklagani sababli majlis vaqtincha to‘xtatilgan.

Hozircha bu lavozimlarga kim tayinlanishi noma’lum. Kuzatuvchilar ushbu voqealarni Ukraina hukumatidagi tarkibiy o‘zgarishlarning bir qismi sifatida baholamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59