Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Litva Belarus bilan ikki chegara punktini qayta ochdi

Dunyo
78
Litva Belarus bilan ikki chegara punktini qayta ochdi
Litva Belarus bilan chegaradagi ikki o‘tish punktini belgilangan muddatdan avval ochishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Gap Shalchininkay va Myadininkay o‘tish punktlari haqida bormoqda. Ushbu punktlar oktyabr oyining oxirida Belarusdan uchib kelgan va Vilnyus aeroporti faoliyatiga xalaqit bergan meteo-sharlar sababli yopilgan edi.

Dastlab bu cheklovlar 30-noyabrgacha davom etishi rejalashtirilgan edi. Ichki ishlar vaziri Vladislav Kondratovichning ma’lum qilishicha, vaziyat o‘zgargan va avvalgi cheklovlarni davom ettirishga hojat qolmagan.

Shunga qaramay, hukumat agar kontrabanda sharalari bilan bog‘liq muammolar yana yuzaga kelsa, chegaralar qayta yopilishi mumkinligini ta’kidladi. Bosh vazir Inga Ruginene meteo-sharlar soni ancha kamayganini va Vilnyus aeroporti barqaror ishlayotganini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tish punktlarini qayta ishga tushirish uchun bir kun kifoya. 17-noyabr kuni Polsha Belarus bilan chegaradagi nazorat punktlarini qayta ochganidan so‘ng, Litva Belarus chegara xizmati bilan texnik muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralarda kontrabanda, migratsiya va qo‘shni davlatda qolib ketgan litvalik yuk mashinalari masalalari muhokama qilindi. Litva Chegara xizmati rahbari Rustamas Lyubayevas Belarusning hamkorlik qilishga tayyorligini bildirganini ma’lum qildi.

Litva tomoni kontrabanda sxemalarini to‘xtatish va tiqilib qolgan yuk mashinalarining o‘z mamlakatlariga qaytishiga imkon yaratishni talab qildi. Avvalroq Belarus Litva yuk mashinalarining chegaradan o‘tishini to‘xtatgan edi, bu esa mingdan ortiq avtomobilning navbatda qolib ketishiga sabab bo‘lgan.

Minsk esa kontrabanda ayblovlarini inkor etib, bu ishlarda litvaliklarning o‘zlari ishtirok etayotganini ta’kidlagan. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Vilnyusning o‘tish punktlarini yopish qarorini “noto‘g‘ri va mantiqsiz harakat” deb tanqid qilgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29