Bugun
Fransiyada yashash xarajatlari oshib katta ommaviy namoyishlar o‘tkazildi
+17°
пасмурно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Rossiyada ajrashish uchun jarima taklifi muhokamada

Dunyo
40
Rossiyada ajrashish uchun jarima taklifi muhokamada
Rossiyada oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq yangi taklif keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bryansk viloyat dumasidan “Yagona Rossiya” partiyasi deputati Mixail Ivanov ajrashgan fuqarolarni 40 ming rubl miqdorida jarimaga tortishni taklif etdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Deputat mazkur tashabbusni Butunjahon rus xalqi kengashi sessiyasida ilgari surdi. Shuningdek, u nikoh tuzayotganlarga 20 ming rubl miqdorida to‘lov joriy etishni ham taklif qildi.

Ivanovning fikriga ko‘ra, ajralish jarimasi davlat budjetini muvozanatlashtirishga yordam berishi mumkin. Deputat, shuningdek, qonunchilikka “onalik va bolalikni obro‘sizlantirish”ni taqiqlovchi norma kiritish zarurligini ta’kidladi va ortiqcha erkinliklarga chek qo‘yishni taklif qildi.

Mazkur masala Rossiya Davlat Dumasida ham qizg‘in muhokamada. Yaqinda ajrashgan ota-onalarni farzandlarni birgalikda tarbiyalashga majburlash haqidagi qonun loyihasi taqdim etildi.

Ushbu loyihaga ko‘ra, kelishuvga erishilmagan hollarda tarbiyalash tartibini sud belgilaydi. Rossiya ajralishlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har o‘nta nikohdan sakkiztasi ajralish bilan yakunlanadi. 2023 yilda mamlakatda 683 mingga yaqin ajralish qayd etilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 644 mingga teng bo‘lgan.

Shu bilan birga, nikoh tuzishlar soni ham pasaygan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yildan boshlab ajralish uchun to‘lov miqdori 650 rubldan 5000 rublgacha oshiriladi.

Rasmiylar bu chorani oilalarni mustahkamlash yo‘lidagi qadam sifatida baholamoqda. So‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning 33 foizi ajrashish sababini moliyaviy muammolar bilan izohlagan.

15 foiz respondentlar oilaviy tushunmovchilikni, 14 foiz esa xiyonat va rashkni asosiy sabab sifatida ko‘rsatgan. Psixologlar esa mamlakatdagi umumiy noaniqlik va xavotir muhiti nikohlarning mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Fransiyada yashash xarajatlari oshib katta ommaviy namoyishlar o‘tkazildi
Fransiyada yashash xarajatlari oshib katta ommaviy namoyishlar o‘tkazildi
Fransiya bo‘ylab yashash xarajatlari keskin oshib, inflyatsiya yoqib, yoqilg‘i narxlari oshib turgani sababli kutilmagan darajada yirik va shiddatli ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazildi. Bu
DunyoBugun, 12:37
Nobel mukofoti sohibi Ajemo‘g‘lu: sun’iy intellekt kasblarni yo‘qotishi mumkin
Nobel mukofoti sohibi Ajemo‘g‘lu: sun’iy intellekt kasblarni yo‘qotishi mumkin
Daron Ajemo‘g‘lu, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi, sun’iy intellektning shiddatli rivojlanishi hamda insoniyat tomonidan «o‘ta yuqori intellekt» (Superintelligence) yaratilishi borasidagi
DunyoBugun, 10:27
Italiyadagi restoranda mijozlarga qovurilgan havo taomi taqdim etilmoqda
Italiyadagi restoranda mijozlarga qovurilgan havo taomi taqdim etilmoqda
Italiyaning Kastelfranko-Veneto shahrida joylashgan Feva restorani o‘z mijozlariga qovurilgan havo deb nomlanuvchi g‘ayrioddiy gazakni taklif etmoqda. Mazkur noodatiy
DunyoBugun, 00:52
Mixail Galustyan o'zining eski obrazlari uchun tojik xalqidan uzr so'radi
Mixail Galustyan o'zining eski obrazlari uchun tojik xalqidan uzr so'radi
Rossiyalik taniqli aktyor va shoumen Mixail Galustyan Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga qilgan safari davomida yuzaga kelgan noroziliklardan so‘ng tojik xalqidan rasman uzr so‘radi. Bu haqda
DunyoBugun, 00:32
Hurmuz bo‘g‘ozida neft tashuvchi supertanker dengiz minasiga urilib portladi
Hurmuz bo‘g‘ozida neft tashuvchi supertanker dengiz minasiga urilib portladi
Dunyoning eng muhim neft yo‘laklaridan biri hisoblangan Hurmuz bo‘g‘ozida vaziyat keskinlashib, navbatdagi supertanker dengiz minasiga urilishi oqibatida portlab ketdi.
DunyoKecha, 23:41
Olimlar popkorn hidi keladigan yangi pomidor navini yaratdi
Olimlar popkorn hidi keladigan yangi pomidor navini yaratdi
Xitoy va Avstraliya olimlari zamonaviy genetik tahrirlash texnologiyasi yordamida popkorn hidini eslatuvchi xushbo‘y pomidorning ilk namunasini yaratishga muvaffaq
DunyoKecha, 20:43