Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
+6°
ясно ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Qozog‘istonda ORVI keng tarqalmoqda, maktablar yopilmoqda

Dunyo
46
Qozog‘istonda ORVI keng tarqalmoqda, maktablar yopilmoqda
Qozog‘istonda o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (ORVI) keng tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Oqmaral Alnazarova bergan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan haftada mamlakat bo‘ylab 183 mingdan ortiq kishi ORVI bilan kasallangan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi mavsumga nisbatan 16 foizga ko‘pdir.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu yilgi gripp mavsumi odatdagidan ancha erta boshlangan — 41-haftada. Mamlakatda yangi gripp shtammlari aniqlanmagan bo‘lsa-da, rinovirus, paragripp, adenovirus va koronavirus kabi boshqa viruslar faol tarqalmoqda.

1 sentyabrdan buyon qayd etilgan 1,4 million kasallanish holatlarining 66 foizi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ulushiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, homilador ayollar uchun xavfli hisoblangan Gonkong grippi shtammi 600 ga yaqin bemorda aniqlangan.

Kasallikning tez tarqalishi sababli ayrim hududlarda maktablar vaqtincha masofaviy ta’limga o‘tkazilmoqda. Sharqiy Qozog‘iston viloyatida 23 ta maktabning 169 ta sinfi — jami 3015 o‘quvchi onlayn ta’limga o‘tdi.

Abay viloyatida esa o‘quv yili boshidan buyon 5558 bola ORVI bilan kasallangan, bu hududdagi umumiy holatlarning 17,2 foizini tashkil etadi. Qo‘stanay viloyatida ham vaziyat jiddiy bo‘lib, ikki shaharda o‘quvchilar darslarni onlayn shaklda davom ettirishga majbur bo‘ldi.

Qo‘stanay tumanida 72 ta sinfda an’anaviy ta’lim vaqtincha to‘xtatildi. Bosh vazir O‘ljas Bektenov mahalliy hokimiyat va sog‘liqni saqlash tizimi vakillariga tibbiy xizmat sifatini qat’iy nazorat qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026