ENRU

Portugaliyada 9 yoshli bola bezorilik qurboni bo‘ldi

Dunyo
54
Portugaliyada 9 yoshli bola bezorilik qurboni bo‘ldi
Portugaliyada 9 yoshli braziliyalik bola maktabda shafqatsiz bezorilik qurboniga aylandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Euronews xabariga ko‘ra, sinfdoshlari uni maktab hojatxonasida qamab, ikkita barmoq uchini jiddiy jarohat yetkazgan holda uzib tashlashgan. Bolaning onasi Niviya Estevamning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li ko‘p qon yo‘qotib, eshik ostidan emaklab chiqishga majbur bo‘lgan.

Onaning aytishicha, bola bundan oldin ham doimiy zo‘ravonliklarga duch kelgan, jumladan, tepish, bo‘g‘ish va sochidan tortish holatlari bo‘lgan. Hodisadan so‘ng bola Portodagi San-Juau shifoxonasida uch soatlik jarrohlik amaliyotidan o‘tgan.

Hozirda u kuchli og‘riq qoldiruvchi dorilar va antibiotiklar qabul qilmoqda. Shuningdek, bola ruhiy zarbaga uchragan, har kecha hodisani eslab yig‘lab chiqayotgani qayd etilgan.

Mazkur ishni olib borayotgan advokatlar ushbu hujumda ksenofobik omillar bo‘lgan-bo‘lmaganini o‘rganmoqda. Ular maktabni bolaning xavfsizligini ta’minlay olmagani va hodisa joyini mutaxassislar tekshirmasidan avval tozalashga uringani uchun ayblamoqda.

Psixologlar ta’kidlashicha, Portugaliya maktablarida o‘quvchilar o‘rtasidagi zo‘ravonlik holatlari so‘nggi yillarda sezilarli darajada ko‘paygan. Statistikaga ko‘ra, 2020–2021 o‘quv yilida 4 620 ta zo‘ravonlik holati qayd etilgan bo‘lsa, 2024–2025-yillarda bu ko‘rsatkich 7 804 taga yetgan.

Bu esa muammoning jiddiy ko‘lamga ega ekanini ko‘rsatmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59