Bugun
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
+10°
ясно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

G‘azoda 40 ming bola yuqumli kasalliklarga qarshi emlanadi

Dunyo
32
G‘azoda 40 ming bola yuqumli kasalliklarga qarshi emlanadi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) G‘azo hududida qisqa muddatli sulhdan foydalangan holda, 40 mingdan ortiq bolani turli yuqumli kasalliklarga qarshi emlash rejasini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Al Arabiya xabariga ko‘ra, 9-noyabrda boshlangan emlash kampaniyasining dastlabki sakkiz kunida uch yoshgacha bo‘lgan 10 mingdan ziyod bola birinchi doza bilan emlangan. JSST rahbari Tadros Adhanom Gebreesusning ma’lumotiga ko‘ra, 22-noyabrga qadar bolalar qizamiq, tepki, qizilcha, difteriya, qoqshol, ko‘kyo‘tal, gepatit B, sil, rotavirus, poliomiyelit va zotiljam kabi kasalliklarga qarshi emlanishi rejalashtirilgan.

Ushbu tashabbus UNICEF, UNRWA va G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Keyingi emlash bosqichlari esa dekabr va yanvar oylariga mo‘ljallangan.

Tadros Adhanom Gebreesus sulh xalqaro tashkilotlarga G‘azoda tibbiy yordamni kuchaytirish va vayron bo‘lgan sog‘liqni saqlash infratuzilmasini tiklashga imkoniyat yaratganini ta’kidladi. Bundan tashqari, BMT Xavfsizlik Kengashi 17-noyabr kuni AQShning G‘azo bo‘yicha rejasini ma’qullagani ma’lum qilindi.

2023-yil 7-oktyabrdan buyon davom etayotgan harbiy harakatlar oqibatida 69 mingdan ortiq falastinlikning halok bo‘lgani, ularning aksariyati ayollar va bolalar ekani qayd etilgan.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59