ENRU

O‘zbekistonlik fuqaro AQShda hibsga olindi: sabab nima?

Dunyo
39
O‘zbekistonlik fuqaro AQShda hibsga olindi: sabab nima?
Pensilvaniya shtati gubernatori Josh Shapiro o‘zbekistonlik fuqaro Axror Bozorov bilan bog‘liq voqea yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, Bozorov O‘zbekiston tomonidan jihod targ‘iboti bilan shug‘ullanganlikda ayblanib, qidiruvga berilgan bo‘lsa-da, AQShning Pensilvaniya shtatida tijorat haydovchilik guvohnomasini (CDL) qo‘lga kiritgan. Shapiro ma’lumotlariga ko‘ra, guvohnoma berish jarayonida Pensilvaniya rasmiylari federal darajadagi Systematic Alien Verification for Entitlements (SAVE) tizimidan foydalangan.

Biroq mazkur tizimda Bozorovning qidiruvda ekanligi haqida hech qanday ma’lumot bo‘lmagani sababli, guvohnoma berishda to‘siq bo‘lmagan. Shapiro bu haqda shunday dedi: “Biz foydalanayotgan tizim o‘z vazifasini to‘liq bajarmadi.

Pensilvaniya barcha zarur tekshiruvlarni amalga oshirdi, ammo federal bazada kerakli ma’lumotlar aks etmagani sababli xato yuz berdi.” Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli Axror Bozorov 9-noyabr kuni Kanzas shtatida yuk mashinasi haydovchisi sifatida faoliyat olib borayotganida hibsga olingan. O‘zbekiston hukumati unga jihodga chaqiriq va tarafdorlarni yollash maqsadida onlayn materiallar tarqatganlik aybini qo‘ygan.

Ushbu ayblov bo‘yicha 2022-yilda hibsga olish orderi chiqarilgan edi. Mazkur voqeadan so‘ng, Pensilvaniya rasmiylari tijorat haydovchilik guvohnomalarini chet ellik fuqarolarga berish jarayonini qayta ko‘rib chiqishga kirishdi.

Shuningdek, federal idoralardan ma’lumot almashish tizimini takomillashtirish va kuchaytirishni talab qildi.

O‘xshash yangiliklar

Ilon Mask 2027 yilga SpaceX aksiyalarini bolalarga sovg'a qilish rejasini e'lon qildi
Ilon Mask 2027 yilga SpaceX aksiyalarini bolalarga sovg'a qilish rejasini e'lon qildi
Ilon Mask 2027 yilga SpaceX kompaniyasining har bir AQSH bolasiga bittadan aksiyasini sovg'a qilish rejasini e'lon qilgani xabar qilinmoqda. AQSH Aholini ro'yxatga
DunyoBugun, 15:15
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qilib, bu yo‘l bilan mamlakatning kelajagi xavfga tushganini aytdi. Uning fikricha, Yevropadagi
DunyoBugun, 14:31
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriya poytaxti Abujada Ebola virusi bilan kasallanish holati qayd etildi. The Guardian nashri xabar berganiga ko‘ra, bemor bilan bevosita aloqada bo‘lgan 44 kishi
DunyoBugun, 14:13
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda Milliy gvardiya harbiy qismlarining birining komandiri lavozim vakolatidan suiiste’mol qilishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘z qo‘l ostidagi harbiy
DunyoBugun, 13:53
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34