Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Qarishga qarshi tabiiy himoya hujayralari aniqlandi

Dunyo
64
Qarishga qarshi tabiiy himoya hujayralari aniqlandi
Isroillik olimlar inson umrini uzaytirish bo‘yicha muhim kashfiyotga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ularning Nature Aging ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotlari qarish jarayonining ichki mexanizmlarini yanada chuqurroq tushunishga yordam berdi. Tadqiqot davomida mutaxassislar CD4-Eomes nomli noyob T-hujayra turini aniqlashdi.

Ushbu hujayralar organizmda o‘z vazifasini bajargan va endi to‘qimalarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan qarigan hujayralarni aniqlab, ularni yo‘q qilishda ishtirok etadi. Ma’lum bo‘lishicha, aynan shu qarigan hujayralarning ko‘payishi organizmda zaiflik, yallig‘lanish va turli kasalliklar xavfini oshiradi.

O‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, agar CD4-Eomes hujayralari yetarli darajada bo‘lmasa, qarish jarayoni tezlashadi. Buning oqibatida mushaklar zaiflashadi, organlar faoliyati pasayadi va inson umrining davomiyligi qisqaradi.

Aksincha, ushbu hujayralar faoliyati kuchaytirilsa yoki ularning soni ortsa, qarish jarayoni sekinlashishi mumkin. Qiziqarli jihati shundaki, bu turdagi hujayralar uzoq umr ko‘rgan odamlarda ko‘proq uchraydi.

Olimlar bu xulosadan kelib chiqib, CD4-Eomes hujayralari qarishga qarshi tabiiy himoya vositasi ekanligini ta’kidlashmoqda. Tadqiqotchilarning fikricha, kelajakda ushbu hujayralarni sun’iy ravishda ko‘paytirish yoki faollashtirish texnologiyasi ishlab chiqilsa, inson umrini sog‘lom o‘tkaziladigan davri sezilarli darajada uzayishi mumkin.

Bu kashfiyot tibbiyot sohasida yangi imkoniyatlar eshigini ochishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59