Bugun
«Qizilqum» va OKMK safarda muhim g'alabalarni qo'lga kiritdi
+22°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

FIFA 2026 posteridagi tanlov muxlislar noroziligiga sabab bo‘ldi

Dunyo
31
FIFA 2026 posteridagi tanlov muxlislar noroziligiga sabab bo‘ldi
FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati uchun tayyorlangan rasmiy poster tanqidlar sabab ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda SPORTbible xabar berdi. Posterda saralash bosqichidan o‘tgan 42 jamoaning futbolchilari tasvirlangan bo‘lib, har bir mamlakatni bitta futbolchi ifodalagan.

Portugaliya terma jamoasi nomidan "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh tanlangan. Biroq bu tanlov afsonaviy futbolchi Krishtianu Ronalduning muxlislarini ranjitdi.

Fanatlarning noroziligi ortidan FIFA mazkur posterni o‘z sahifalaridan olib tashlashga qaror qildi. Shuningdek, posterda o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov ham tasvirlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda 40 yoshda bo‘lgan Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida faoliyatini davom ettirmoqda va 2026-yilgi Jahon chempionati uning faoliyatidagi so‘nggi musobaqa bo‘lishini avvalroq ma’lum qilgan edi. 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkaziladi.

Bu safar turnirda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Final uchrashuvi Nyu-Jersidagi "Metlayf" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Yevropa saralashi doirasida 12 ta terma jamoa to‘rtta yo‘llanma uchun pley-offda kurash olib boradi. Yana ikkita yo‘llanma qit’alararo o‘yinlar orqali aniqlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Fort-Xud harbiy bazasida mudhish jinoyat sodir etgan sobiq mayor Nidal Hasanning o'lim jazosini jonli efirda namoyish etish haqidagi rejasidan voz
DunyoBugun, 01:32
Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti ma’muriyati vakillari bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti ma’muriyati vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ijro etuvchi apparatining rahbari Saida Mirziyoyeva 15-oktabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti ma’muriyatining yuqori martabali vakillari —
DunyoBugun, 01:29
Saida Mirziyoyeva Turkiyada «Baykar» kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi
Saida Mirziyoyeva Turkiyada «Baykar» kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ijro etuvchi apparatining aloqa va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva 15-oktabr kuni Turkiyaning mudofaa sanoati hamda
DunyoBugun, 00:35
Saida Mirziyoyeva Turkiyada Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva Turkiyada Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ijro etuvchi apparatining rahbari Saida Mirziyoyeva 15-oktabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv
DunyoBugun, 00:25
Eron Hurmuz bo‘g‘ozida BAAga tegishli yirik kemani cho‘ktirdi
Eron Hurmuz bo‘g‘ozida BAAga tegishli yirik kemani cho‘ktirdi
Strategik jihatdan g‘oyat muhim hisoblangan Hurmuz bo‘g‘ozida navbatdagi jiddiy dengiz hodisasi yuz berdi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Eron harbiy kuchlari Birlashgan
DunyoKecha, 23:44
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoKecha, 07:56