Bugun
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
+22°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Xitoyga kirish uchun raqamli karta joriy etildi

Dunyo
44
Xitoyga kirish uchun raqamli karta joriy etildi
2025-yil 20-noyabrdan boshlab Xitoyga kiruvchi xorijliklar uchun yangi tartib joriy etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Endi mamlakatga kirish kartalarini raqamli shaklda to‘ldirish imkoniyati taqdim etildi. Bu haqda “Aerotur” kompaniyasi xabar berdi.

Yangi raqamli tizim chet el fuqarolari uchun kirish jarayonini soddalashtirishga qaratilgan. Sayohatchilar shaxsiy ma’lumotlarini parvozdan oldin yoki Xitoyga yetib kelgach, s.nia.gov.cn sayti orqali onlayn tarzda kiritishi mumkin.

Ariza tasdiqlangach, maxsus QR-kod yaratiladi. Ushbu kod pasport nazorati jarayonida ko‘rsatilsa, yetarli bo‘ladi.

Shu bilan birga, an’anaviy qog‘oz shakldagi kirish kartalari ham saqlanib qoladi. Istaganlar aeroportda ushbu kartalarni qo‘lda to‘ldirishlari mumkin.

Ammo elektron shakl turistlar, xizmat safariga keluvchilar, taklifnoma asosida tashrif buyuruvchilar va viza bilan yoki vizasiz kiruvchilar uchun majburiy hisoblanadi. Tranzit yo‘lovchilar va rasmiy hukumat delegatsiyalari esa elektron kartani to‘ldirishdan ozod etilgan.

Mutaxassislarning fikricha, raqamli kirish tizimining asosiy afzalligi – tezkorlik. QR-kod 24 soat davomida amal qiladi, shuning uchun uni oldindan olish shart emas.

Sayohatga yaqin vaqtda ham uni to‘ldirish mumkin. Bu yangilik Xitoyga safar qiluvchilar uchun qulaylik yaratib, kirish jarayonlarini tezlashtiradi.

O‘xshash yangiliklar

Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) Italiya hududida yadroviy tiyib turish bo‘yicha o‘zining har yilgi an’anaviy «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi.
DunyoBugun, 11:33
Tramp Ogayo mitingida uchinchi muddatni istashini bildirdi
Tramp Ogayo mitingida uchinchi muddatni istashini bildirdi
AQSH prezidenti Donald Trump Ogayo shtatida bo‘lib o‘tgan saylovoldi mitingida, Oq uy rahbari lavozimida uchinchi muddatga ham qolishni istashini ma’lum qildi. Ushbu
DunyoBugun, 10:37
Tramp Ukrainaning yangi prezidentga ega bo‘lish vaqti keldi deb hisoblaydi
Tramp Ukrainaning yangi prezidentga ega bo‘lish vaqti keldi deb hisoblaydi
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainada davlat rahbarini almashtirish vaqti kelganini ochiq ma’lum qildi. U bayonoti Oq uy rahbari tomonidan qilingan va Newsweek jurnali
DunyoBugun, 10:14