Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 15 noyabr
+8°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Vyetnamda suv toshqinlari 55 kishining umriga zomin bo‘ldi

Dunyo
26
Vyetnamda suv toshqinlari 55 kishining umriga zomin bo‘ldi
Vyetnamning markaziy hududlarida kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 55 nafarga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shuningdek, 13 nafar fuqaroning taqdiri hanuz noma’lum bo‘lib qolmoqda. Bu haqda mamlakatning dambalar va tabiiy ofatlarni oldini olish bo‘yicha departamenti ma’lum qildi.

Tabiiy ofatlar natijasida taxminan 80 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari, jumladan, chorvachilik maydonlari suv ostida qolgan. Bundan tashqari, 3,2 million boshdan ortiq chorva mollari va uy qushlari nobud bo‘lgani qayd etilgan.

Hozirda 28 mingdan ortiq xonadonlar suv bosgan holatda qolmoqda, 946 ta uy esa butunlay vayron bo‘lgan. Departament bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat tufayli mamlakat iqtisodiyoti 9 trillion dong (taxminan 358 million AQSh dollari) zarar ko‘rgan.

Vyetnam hukumati tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlarni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, aholiga yordam ko‘rsatish va xavfsizlikni ta’minlash choralari kuchaytirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026