Bugun
Forbes: Ronaldu sport tarixida 2 milliard dollar daromad to‘plagan birinchi futbolchi bo‘ldi
+12°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

Mang‘istauda tulki hujumi: ikki bola jarohatlandi

Dunyo
30
Mang‘istauda tulki hujumi: ikki bola jarohatlandi
Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida maktab o‘quvchilariga tulkilar hujum qilgani mahalliy aholini xavotirga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 21-noyabr kuni sodir bo‘lgan bo‘lib, ikki nafar bola jarohat olgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, korsak tulkisi qishloq maktabining ikki nafar o‘quvchisiga hujum qilgan.

Bolalar ota-onalari bilan Beyneu tumani shifoxonasiga murojaat qilishgan. Tekshiruv natijasida 2011 yilda tug‘ilgan bolaning o‘ng oyog‘ida, 2018 yilda tug‘ilgan bolaning esa chap oyog‘ida tirnalish jarohatlari aniqlangan.

Shifokorlar tomonidan ularga zarur jarrohlik yordami ko‘rsatilgan va emlash ishlari amalga oshirilgan. Ayni paytda bolalarning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.

Mutaxassislar yovvoyi hayvonlar hujumi bilan bog‘liq bunday holatlarda tezkor tibbiy yordamga murojaat qilish zarurligini ta’kidlamoqda. Ekolog Odilbek Qo‘zibaqovning so‘zlariga ko‘ra, yovvoyi hayvonlar quturish kabi xavfli viruslarni tarqatishi mumkin.

Shu sababli fuqarolarga begona hayvonlarga yaqinlashmaslik va xavf sezilgan taqdirda darhol tegishli idoralarga murojaat qilish tavsiya etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoKecha, 17:24
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoKecha, 14:40
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoKecha, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoKecha, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoKecha, 10:13