Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+12°
ochiq shamol 1 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Afrika qit’asi ikki qismga bo‘linishi mumkin

Dunyo
60
Afrika qit’asi ikki qismga bo‘linishi mumkin
Afrika qit’asi ichki qismidan asta-sekin ajralib borayotgani haqida olimlar tomonidan ilgari surilgan ilmiy xulosalar yana bir bor tasdiqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Britaniyalik geologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, bu jarayon kelajakda qit’aning umumiy geografik ko‘rinishini tubdan o‘zgartirishi va markazida yangi okean vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Kil universiteti olimlari Afrika va Arabiston plitalari orasida sodir bo‘layotgan ajralish jarayonini magnit maydon o‘zgarishlari orqali kuzatgan.

Ularning aniqlashicha, bu jarayon shimoli-sharqdan janubga qarab chuqurlashib, yer silkinishlari bilan birga davom etmoqda. Seysmik faollikning kuchayishi bu hududda geologik o‘zgarishlar tezlashayotganidan dalolat beradi.

Tadqiqotchilar bu o‘zgarishlar yaqin kelajakda sodir bo‘lmasligini, lekin jarayonning to‘liq yakunlanishi uchun millionlab yillar kerakligini ta’kidlashmoqda. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, taxminan 5–10 million yil ichida Afrika ikki yirik qismga bo‘linishi mumkin.

Bir tomonda Misr, Jazoir, Nigeriya, Gana va Namibiya joylashgan hudud qolsa, ikkinchi tomonda Somali, Keniya, Tanzaniya, Mozambik va Efiopiyaning katta qismi kiruvchi yangi geologik mintaqa shakllanishi kutilmoqda. Olimlarning fikricha, bu jarayon insoniyat hayotiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin geologiya tarixi uchun ulkan o‘zgarish bo‘lib, sayyoramizning kelajakdagi ko‘rinishini belgilashi mumkin.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026