Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+13°
ochiq shamol 1 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Serjio Gor AQSh-O‘zbekiston biznes kengashi raisi bo‘ldi

Dunyo
54
Serjio Gor AQSh-O‘zbekiston biznes kengashi raisi bo‘ldi
Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha AQSh maxsus vakili, asli Toshkent shahrida tug‘ilgan Serjio Gor Amerika-O‘zbekiston biznes va investitsiya kengashi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda AQSh Davlat departamenti ma’lum qildi. Serjio Gor ushbu lavozimda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bilan hamkorlikda ishlaydi.

AQSh tomonidan ta’kidlanishicha, ushbu kengash ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaydi. Shuningdek, bu ishbilarmonlar uchun qulay hamkorlik muhitini yaratib, investitsiyalarni ko‘paytirish va yuqori texnologiyali sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Vashington shahrida o‘tgan C5+1 sammitida olib borgan muzokaralarining mantiqiy davomidir. Kengash Prezident Mirziyoyevning qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibi va faoliyatini muvofiqlashtirish Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklangan.

Bu kengash ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026