ENRU

Turkiyada layk sabab ajrashuvda er aybdor topildi

Dunyo
55
Turkiyada layk sabab ajrashuvda er aybdor topildi
Turkiyada Oliy sud ijtimoiy tarmoqlarda boshqa ayollarning suratlariga layk bosgan erkakni ajrashish jarayonida aybdor deb topdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi. Sud muhokamasida er-xotin H.B.

va S.B. o‘zaro ajrashish bo‘yicha qarama-qarshi da’vo arizalari bilan murojaat qilgan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, eri uni haqorat qilgan, moliyaviy ehtiyojlari uchun pul bermagan va boshqa ayollarning suratlariga layk bosgan. Erkak esa rafiqasini rashkda ayblab, uning postlariga tanqidiy izohlar yozgan.

Kayseri oilaviy sudi ajrashish qarorini tasdiqladi. Sud erni asosiy aybdor deb topib, ayolning qisman aybini ham tan oldi.

Sud qarori bilan er-xotinga vaqtinchalik aliment (500 lira), kambag‘allik nafaqasi (750 lira) va 40 000 lira miqdorida moddiy va ma’naviy zarar uchun tovon puli belgilandi. Biroq erkak ushbu qaror ustidan shikoyat berdi.

Apellyatsiya sudi ajralishning asosiy aybdori sifatida erkakni qoldirdi va kambag‘allik nafaqasini oyiga 1000 liraga oshirdi. Shuningdek, sud erning boshqa ayollarning suratlariga layk bosishi "ishonchni yo‘qotuvchi xatti-harakat" sifatida baholandi.

Moddiy va ma’naviy tovon miqdori esa 30 000 liraga o‘zgartirildi. Mazkur sud qarori pretsedent sifatida qabul qilindi va kelgusida shunga o‘xshash ishlar uchun asos bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.

O‘xshash yangiliklar

Peshovarda maktab binosi tomi qulashi natijasida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi
Peshovarda maktab binosi tomi qulashi natijasida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi
Pokistonning shimoli-g'arbiy hududida joylashgan Peshovar shahrida mudhish voqea sodir bo'ldi. Shahardagi ta'lim muassasalaridan birining bino tomi kutilmaganda qulab
DunyoBugun, 03:39
AQSHda grin karta uchun arizalar qabul qilish muddati belgilandi
AQSHda grin karta uchun arizalar qabul qilish muddati belgilandi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashash va ishlash huquqini beruvchi Turli millatlar uchun viza lotereyasi, ya’ni Green Card dasturining navbatdagi bosqichi bo‘yicha aniqlik kiritildi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 03:32
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Federatsiyasi Ukraina bilan chegara hududida eng zamonaviy reaktiv uchuvchisiz uchish apparatlarini uchirishga mo‘ljallangan yirik harbiy bazani barpo etdi.
DunyoBugun, 02:58
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina tomoni Rossiyaning yirik elektron tijorat tarmoqlari, xususan, Wildberries va Ozon platformalariga hamda boshqa muhim infratuzilma obyektlariga hujum
DunyoBugun, 02:13
Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Fort-Xud harbiy bazasida mudhish jinoyat sodir etgan sobiq mayor Nidal Hasanning o'lim jazosini jonli efirda namoyish etish haqidagi rejasidan voz
DunyoBugun, 01:32
Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti ma’muriyati vakillari bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti ma’muriyati vakillari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ijro etuvchi apparatining rahbari Saida Mirziyoyeva 15-oktabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti ma’muriyatining yuqori martabali vakillari —
DunyoBugun, 01:29