Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Malayziyada suv toshqinlari 11 mingdan ortiq odamni jabrladi

Dunyo
34
Malayziyada suv toshqinlari 11 mingdan ortiq odamni jabrladi
Malayziyaning turli hududlarida kuzatilgan kuchli yomg‘irlar natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari 11 mingdan ortiq odamni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatning sharqiy qirg‘oq qismida har yili oktyabrdan martgacha davom etuvchi musson mavsumida bunday tabiiy ofatlar tez-tez sodir bo‘ladi. Har yili minglab odamlar xavfsizlik maqsadida vaqtinchalik boshpanalarga ko‘chiriladi.

Malayziya Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 24-noyabr kuni ertalab Kedah, Kelantan, Penang, Perak, Perlis, Terengganu va Selangor shtatlarida jami 3 839 oiladan 11 009 kishi jabrlangan. Eng katta zarar Kelantan shtatiga yetgan bo‘lib, bu hududda 8 228 nafar aholi ofatdan aziyat chekkan.

Jabrlanganlar uchun 60 ta vaqtinchalik boshpana tashkil etilgan, ular orasida maktablar, jamoat binolari va ibodatxonalar mavjud. Shuningdek, Perlis shtatining Van Kelian qishlog‘ida 23-noyabr kuni kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan yer ko‘chkisi qariyb 400 kishini xavf ostida qoldirgan.

Ular vaqtincha baland hududdagi masjidlarga ko‘chirildi. Eslatib o‘tamiz, yaqinda Indoneziyaning Markaziy Yava hududida ham kuchli yog‘ingarchilik oqibatida sodir bo‘lgan ko‘chkilar katta fojiaga sabab bo‘lgandi.

Ushbu voqeada 30 kishi halok bo‘lgan, 40 ga yaqin inson bedarak yo‘qolgani xabar qilingan. Tabiiy ofatlar Janubiy-Sharqiy Osiyoda ko‘p takrorlanayotgani sababli xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarurati tobora oshib bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026