ENRU

Sobiq prezident o‘g‘li tartibsizliklar rejasida gumon qilinmoqda

Dunyo
39
Sobiq prezident o‘g‘li tartibsizliklar rejasida gumon qilinmoqda
Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning o‘g‘li Qodirbek Atambayev va uning bir guruh tarafdorlari ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga urinishda gumon qilinmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tergov organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslar parlament saylovlari natijalari e’lon qilingach, Konstitutsiyaga zid talablar qo‘yish va davlat muassasalarini, jumladan, ma’muriy binolar, teleradiouzatish obyektlari, qurol-yarog‘ omborlari, jazoni ijro etish muassasalarini egallashni rejalashtirgan. O‘tkazilgan tintuvlar chog‘ida gumonlanuvchilardan qurollar, o‘q-dorilar, granatalar, aloqa vositalari, noqonuniy harakatlar rejalari, ularni moliyalashtirishga oid hujjatlar, shuningdek, narkotik moddalar va 150 ming dollar miqdoridagi pul mablag‘lari musodara qilingan.

Qirg‘iziston parlamenti uchun muddatidan oldin saylovlar joriy yilning 30 noyabr kuni o‘tkaziladi. Dastlab bu saylovlar 2026 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.

Ammo 25 sentyabr kuni amaldagi deputatlar o‘z vakolatlaridan ixtiyoriy ravishda voz kechganliklarini e’lon qilishgan.

O‘xshash yangiliklar

Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51