Bugun
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
+10°
ясно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Ozempic Altsgeymerga qarshi kutilgan natijani bermadi

Dunyo
36
Ozempic Altsgeymerga qarshi kutilgan natijani bermadi
Daniya farmatsevtika kompaniyasi Novo Nordisk aksiyalarining qiymati 10 foizdan ortiqroq pasaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bunga kompaniyaning semizlikka qarshi ishlab chiqarilgan Ozempic preparati Altsgeymer kasalligini sekinlashtirishda kutilgan natijani bermagani haqidagi xabar sabab bo‘ldi. Novo Nordisk tomonidan o‘tkazilgan ikki yirik tadqiqotda to‘rt mingga yaqin bemor ishtirok etdi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Ozempic preparatini qabul qilgan bemorlarda Altsgeymer kasalligining rivojlanishi sekinlashmagan. Shunga qaramay, ayrim bemorlarning kasallik bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarida yaxshilanish kuzatilgan.

Ilgari olimlar Ozempic preparati nafaqat diabet va vazn kamaytirishda, balki Altsgeymerga qarshi kurashda ham foydali bo‘lishi mumkinligi haqida umid bog‘lagan edi. Novo Nordisk kompaniyasining bosh ilmiy direktori, preparatning muvaffaqiyatga erishish ehtimoli past bo‘lishiga qaramasdan, yangi dori vositalariga bo‘lgan ehtiyoj sabab ushbu tadqiqotlar o‘tkazilganini ta’kidladi.

Shu yil davomida kompaniya aksiyalari qiymati sezilarli darajada pasaygan. Biroq, Novo Nordiskning asosiy raqobatchisi bo‘lgan AQSh kompaniyasi Eli Lilly yaqinda diabet va semizlikka qarshi yangi dorilar ishlab chiqarib, bozor qiymatini 1 trillion dollarga yetkazishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59