ENRU

Toshkent va Venchjou o‘rtasida yangi yuk aviayo‘li ochildi

Dunyo
42
Toshkent va Venchjou o‘rtasida yangi yuk aviayo‘li ochildi
Xitoyning Venchjou shahri va O‘zbekistonning poytaxti Toshkent o‘rtasida yangi yuk aviayo‘li ishga tushirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu yo‘nalish global savdo mavsumiga, xususan, "Qora juma" xaridlari davriga moslashtirilib tashkil etilgan. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar berdi.

Mazkur yo‘nalish Xitoyning Chjetszyan provinsiyasi va unga yaqin hududlarda faoliyat yurituvchi eksportchilar uchun logistika imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Ushbu yo‘nalishda ilk yuk reysi Centrum Air aviakompaniyasiga tegishli Boeing 767 samolyoti tomonidan amalga oshirildi.

Samolyot Venchjoudagi Lunvan aeroportidan 50 tonna yuk bilan Toshkentga uchib kelgan. Bu Venchjou shahridan Markaziy Osiyoga yo‘naltirilgan birinchi yuk reysi sifatida qayd etildi.

Yangi aviayo‘lning ochilishi bilan Venchjou aeroporti xalqaro yuk tashish yo‘nalishlari sonini 11 taga yetkazdi. Ushbu yo‘nalishlar Janubi-Sharqiy Osiyo, Shimoliy-Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyoni qamrab oladi.

Shuningdek, bu yo‘nalishlar Xitoy mahsulotlarini transchegaraviy elektron tijorat orqali Yevropa bozorlariga yetkazishda muhim tranzit platforma vazifasini bajaradi.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59