Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Musiqa jarrohlikda narkoz miqdorini kamaytiradi

Dunyo
32
Musiqa jarrohlikda narkoz miqdorini kamaytiradi
Hindistonda olib borilgan yangi ilmiy tadqiqot jarrohlik amaliyoti davomida instrumental musiqa tinglash bemorlarda narkozga bo‘lgan ehtiyojni sezilarli darajada kamaytirishi mumkinligini isbotladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu tadqiqot Dehlidagi Lok Nayak shifoxonasi va Maulana Azad tibbiyot kollejida o‘tkazilib, unda o‘t pufagini olib tashlash operatsiyasiga (laparoskopik xolesistektomiya) jalb qilingan 56 nafar bemor ishtirok etdi. Tadqiqot 2023-yil martidan 2024-yil yanvarigacha davom etgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi narkoz miqdorini kamaytirish va jarrohlik oldidagi stress darajasini pasaytirish edi.

Bemorlar ikkita guruhga bo‘lindi. Ulardan bir guruh operatsiya vaqtida quloqchin orqali hind nayi yoki pianinoda ijro etilgan tinchlantiruvchi musiqalarni tingladi.

Barcha bemorlarga bir xil narkoz vositalari qo‘llangan bo‘lsa-da, musiqa tinglagan guruhda narkoz miqdori ancha kam talab qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, musiqa tinglagan bemorlar asosiy narkoz vositasi — propofoldan kamroq foydalanishgan.

Ularning har bir kilogramm vazniga soatiga o‘rtacha 6,7 milligramm propofol qo‘llangan bo‘lsa, nazorat guruhida bu ko‘rsatkich 7,86 milligrammni tashkil etgan. Bundan tashqari, musiqa tinglagan bemorlarda kuchli og‘riq qoldiruvchi fentanilga ehtiyoj tug‘ilmagan.

Shuningdek, musiqa tinglagan guruhda stress darajasi ham past bo‘lgani aniqlangan. Qondagi kortizol miqdori musiqa tinglamagan guruhda o‘rtacha 536 millimolni tashkil etgan bo‘lsa, musiqa tinglagan guruhda bu ko‘rsatkich 417 millimolga teng bo‘lgan.

Bu esa organizmning operatsiyaga kuchli stress bilan javob bermaganini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, musiqa eshitgan bemorlar narkozdan yengilroq uyg‘onishgan va tiklanish jarayoni ham tezroq kechgan.

Mutaxassislar musiqani arzon, xavfsiz va klinikada qo‘llash uchun qulay bo‘lgan qo‘shimcha terapiya sifatida baholashmoqda. Ushbu yondashuv kelgusida jarrohlik amaliyotlarida keng qo‘llanilishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29