Bugun
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safarda Xitoyga mag'lub bo'ldi
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Rossiya 2025-yilda 160 ming migrantni kiritmadi

Dunyo
36
Rossiya 2025-yilda 160 ming migrantni kiritmadi
Rossiya 2025-yil boshidan 160 mingdan ortiq chet el fuqarosining mamlakatga kirishini rasman taqiqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Migratsiya xizmati ma’lumotlariga tayanib, RIA Novosti xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, oldin kirish taqiqlangan ayrim chet el fuqarolari ism-shariflarini o‘zgartirib, yana mamlakat hududiga kirishga uringan.

Bu kabi holatlarda 3000 nafar shaxsning noqonuniy harakatlari fosh etilgan. Shu bilan birga, migratsiya qoidalarini buzish holatlari 30 foizga oshgani qayd etilgan.

Bu esa nazoratning kuchaytirilgani va hujjatlarni tekshirish tartibi qat’iylashgani bilan bog‘liq. Shuningdek, Rossiyadan chiqib ketishdan bo‘yin tovlagan migrantlar soni 2,5 baravarga oshgan.

Noqonuniy migratsiyani tashkil etish bilan bog‘liq jinoyatlar esa 45 foizga ko‘paygan. Migratsiya hujjatlarini soxtalashtirish va sotish kabi qonunbuzarliklar ham 22 foizga ortgani kuzatilmoqda.

Bu o‘zgarishlar Rossiyada migratsiya ustidan jiddiy nazorat o‘rnatilganidan dalolat beradi. Yil davomida bozorlar, qurilish maydonlari, savdo markazlari, mehmonxonalar va yotoqxonalarda keng ko‘lamli tekshiruvlar o‘tkazilib, 200 mingdan ziyod migrant nazoratdan o‘tkazilgan.

Mutasaddilarning fikriga ko‘ra, bunday chora-tadbirlar mamlakat xavfsizligini ta’minlash va migratsiya qonunlariga rioya etilishini kuchaytirishga qaratilgan. 2024-yilning shu davriga nisbatan bu yilgi ko‘rsatkichlar biroz pastroq.

Masalan, 2024-yil oktabr oyida 180 ming chet el fuqarosining Rossiyaga kirishi taqiqlangani ma’lum qilingan edi. 2025-yilda esa shu vaqtga qadar 160 mingdan ortiq fuqaro mamlakatga kiritilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Moskva viloyatida o‘tkazilgan reydlar chog‘ida omborlarda ishlagan 96 nafar migrant deportatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, 2025-yil fevral oyidan boshlab nazorat ostidagi shaxslar reestri ishga tushirilganidan buyon 35 mingga yaqin kishi immigratsiya qonunlarini buzganligi uchun Rossiyadan chiqarib yuborilgan.

Mutaxassislar bu qat’iy choralarni migratsiya oqimini tartibga solish, xavfsizlikni oshirish va noqonuniy harakatlarga chek qo‘yish maqsadida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar sifatida baholamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Britaniya deputatlari Masha va Ayiq multfilmini taqiqlashni so'ramoqda
Britaniya deputatlari Masha va Ayiq multfilmini taqiqlashni so'ramoqda
Buyuk Britaniya parlamenti a’zolari dunyoga mashhur Masha va Ayiq animatsion serialini mamlakat hududida taqiqlash hamda Netflix va ITVX kabi yirik platformalardan olib tashlash talabi bilan chiqdi.
DunyoBugun, 00:47
Rossiya Misrdagi ko'rgazmada G'arbni xavotirga solgan yangi qurollarni namoyish etdi
Rossiya Misrdagi ko'rgazmada G'arbni xavotirga solgan yangi qurollarni namoyish etdi
Misr poytaxtida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro aviasalonda Rossiya mudofaa sanoati o‘zining yangi va sirli qurol namunalarini namoyish etdi. Tadbirda taqdim etilgan
DunyoBugun, 00:13
Niderlandiyada dunyodagi eng yirik ananaviy gullar paradi bo'lib o'tdi
Niderlandiyada dunyodagi eng yirik ananaviy gullar paradi bo'lib o'tdi
Niderlandiyaning Zundert shahrida dunyodagi eng yirik va mashhur gul bayramlaridan biri hisoblangan Corso Zundert paradi bo‘lib o‘tdi. Ushbu an’anaviy tadbirda
DunyoKecha, 23:34
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
Jahon moliya bozorida dollar hukmronligiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yirik geosiyosiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Dunyoning ikkinchi raqamli iqtisodiyoti
DunyoKecha, 03:50
Latviya Rossiya va Belarus bilan avtobus qatnovlarini to'xtatadi
Latviya Rossiya va Belarus bilan avtobus qatnovlarini to'xtatadi
Latviya hukumati 2027-yilning 1-yanvaridan boshlab Rossiya va Belarus yo‘nalishidagi barcha muntazam avtobus qatnovlarini, shuningdek, mamlakat hududi orqali o‘tuvchi tranzit yo‘lovchi tashuvlarini
DunyoKecha, 03:31
AQSH Kanadaga qarshi keskin savdo cheklovlari va bojlar joriy etdi
AQSH Kanadaga qarshi keskin savdo cheklovlari va bojlar joriy etdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanada o‘rtasidagi savdo munosabatlari misli ko‘rilmagan darajada keskinlashdi. AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan imzolangan yangi
DunyoKecha, 02:52