ENRU

Eng past bo‘yli ikki ayol ilk bor uchrashdi

Dunyo
42
Eng past bo‘yli ikki ayol ilk bor uchrashdi
Mayami shahridagi Ripley’s Believe It or Not! Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rojdestvo bog‘ida dunyodagi eng past bo‘yli ikki ayolning ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu voqea Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan tarixiy va ta’sirli lahza sifatida qayd etildi.

Dunyodagi eng past bo‘yli ayol, hindistonlik Joti Amge (bo‘yi 62,8 sm), bog‘ mehmonlari bilan uchrashuv o‘tkazayotgan edi. Shu payt unga dunyodagi eng past professional model va bo‘yi 72 sm bo‘lgan amerikalik Uayldin Omoit ham tashrif buyurdi.

Uayldin voqeani “Eng past ikki ayol birlashmoqda” deb nomlangan video va suratlar orqali ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishdi. E’lon qilingan kadrlarda Joti bayramona bezatilgan chanada o‘tirgani, Uayldin esa nogironlar aravachasida uning oldiga kelgani aks etgan.

Ayollar bir-birlarini tabassum bilan kutib olib, quchoqlashgan. Ushbu kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, minglab layklarni to‘pladi.

Uchrashuv haqida fikr bildirganlar orasida dunyodagi eng baland bo‘yli ayol, turkiyalik Rumaysa Gel ham bor edi. U o‘z izohida: “Voy, nihoyat shunday bo‘ldi!” deb yozgan.

Ginnesning rekordlar kitobi vakillari bu uchrashuvni “tarix kitoblari uchun muhim lahza” deb baholadi. Ularning ta’kidlashicha, ikki ayol ham rekordlar kitobi maqomiga ega bo‘lib, ularning yutuqlari noyob va ilhomlantiruvchi hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon hayoti xavf ostida
Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon hayoti xavf ostida
Yaqin Sharq mintaqasida geosiyosiy keskinlik yana bir bor xavfli nuqtaga yaqinlashmoqda. Nufuzli Reuters axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni
DunyoBugun, 10:09
Peshovarda maktab binosi tomi qulashi natijasida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi
Peshovarda maktab binosi tomi qulashi natijasida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi
Pokistonning shimoli-g'arbiy hududida joylashgan Peshovar shahrida mudhish voqea sodir bo'ldi. Shahardagi ta'lim muassasalaridan birining bino tomi kutilmaganda qulab
DunyoBugun, 03:39
AQSHda grin karta uchun arizalar qabul qilish muddati belgilandi
AQSHda grin karta uchun arizalar qabul qilish muddati belgilandi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashash va ishlash huquqini beruvchi Turli millatlar uchun viza lotereyasi, ya’ni Green Card dasturining navbatdagi bosqichi bo‘yicha aniqlik kiritildi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 03:32
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Federatsiyasi Ukraina bilan chegara hududida eng zamonaviy reaktiv uchuvchisiz uchish apparatlarini uchirishga mo‘ljallangan yirik harbiy bazani barpo etdi.
DunyoBugun, 02:58
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina tomoni Rossiyaning yirik elektron tijorat tarmoqlari, xususan, Wildberries va Ozon platformalariga hamda boshqa muhim infratuzilma obyektlariga hujum
DunyoBugun, 02:13
Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Fort-Xud harbiy bazasida mudhish jinoyat sodir etgan sobiq mayor Nidal Hasanning o'lim jazosini jonli efirda namoyish etish haqidagi rejasidan voz
DunyoBugun, 01:32