ENRU

Wildberries O‘zbekistonda WB Taxi xizmatini yo‘lga qo‘yadi

Dunyo
40
Wildberries O‘zbekistonda WB Taxi xizmatini yo‘lga qo‘yadi
Wildberries kompaniyasining O‘zbekistondagi sho‘ba korxonasi WB Int Export mamlakatda WB Taxi xizmatini tashkil etish maqsadida yangi kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Kursiv Uzbekistan xabar berdi. Mazkur kompaniya 2023-yil iyun oyida davlat ro‘yxatidan o‘tgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, WB Taxi taksi xizmatlarini ko‘rsatishni rejalashtirgan. Kompaniyaning ustav fondi 500 ming so‘mni tashkil etadi.

Unda asosiy ulush, ya’ni 99 foiz WB Int Export’ga tegishli bo‘lsa, qolgan 1 foiz ulush RVB MChJga tegishli. RVB MChJ Wildberries va Russ Outdoor tashqi reklama operatorining birlashuvi natijasida tashkil etilgan.

Kursiv Uzbekistan gazetasi kompaniyadan qo‘shimcha ma’lumot olish uchun so‘rov yuborgan. Shu bilan birga, WB Taxi xizmatining dastlabki sinov jarayonlari Belarusda amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan.

Belarusda ushbu xizmatga oid mobil ilovalarni yuklab olish imkoniyati allaqachon yaratilgan. Shuningdek, 2023-yil oktabr oyida Wildberries kompaniyasining Moskva shahrida yo‘lovchi tashish bozoriga kirishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ayrim manbalarga ko‘ra, kompaniya Sitimobil xizmatini sotib olishni ko‘zlamoqda. Bundan tashqari, Wildberries jamoasiga Gett va Bibi taksi agregatorlarining sobiq rahbari Anatoliy Smorgonskiy qo‘shilgan.

U WB Taxi bo‘linmasini boshqarishga mas’ul etib tayinlangan.

O‘xshash yangiliklar

Ekvador janubida olimlar qurbaqalarning yangi turini kashf etdi
Ekvador janubida olimlar qurbaqalarning yangi turini kashf etdi
Ekvador janubida olimlar qurbaqalarning ilgari fanga noma’lum bo‘lgan yangi turini kashf etishdi. Excidobates perplexus deb nomlangan ushbu mitti jonivorning uzunligi
DunyoBugun, 03:46
Tramp millionlab amerikaliklarga bir martalik moddiy yordam beradi
Tramp millionlab amerikaliklarga bir martalik moddiy yordam beradi
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Medicare davlat tibbiy sug‘urta tizimidan foydalanuvchi 20 milliondan ortiq fuqaroga 90 dollardan bir martalik moddiy yordam berilishini e’lon
DunyoBugun, 03:10
Xitoyda o'ttiz ikki yil avval o'g'irlangan bola topildi
Xitoyda o'ttiz ikki yil avval o'g'irlangan bola topildi
Xitoyda 1988-yilda o‘g‘irlab ketilgan Mao Yin ismli bola oradan 32 yil o‘tib, onasining tinimsiz izlanishlari va zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘z oilasini topishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:47
Qirg'iziston chegarada vabo sababli sanitariya nazoratini kuchaytirdi
Qirg'iziston chegarada vabo sababli sanitariya nazoratini kuchaytirdi
Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiya hududida vabo kasalligi aniqlangani haqidagi xabarlar ortidan davlat chegarasidagi barcha o‘tkazish punktlarida sanitariya-karantin nazoratini
DunyoBugun, 02:33
Hindistonda olti avloddan iborat ulkan oila ahillikda yashamoqda
Hindistonda olti avloddan iborat ulkan oila ahillikda yashamoqda
Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida istiqomat qiluvchi Nagappa xonadoni olti avlod vakillarini bir tom ostida birlashtirgani bilan butun dunyo e’tiborini tortmoqda.
DunyoBugun, 01:51
Ilhom Aliyev jahon siyosatiga ta'sir etuvchi ikki kuchni aytdi
Ilhom Aliyev jahon siyosatiga ta'sir etuvchi ikki kuchni aytdi
Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyev xalqaro maydondagi geosiyosiy vaziyat va mamlakatning tashqi siyosiy yo‘nalishi borasida muhim bayonot bilan chiqdi. Davlat rahbari
DunyoBugun, 01:30