Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Rossiya ayollarini erta farzand ko‘rishga undamoqda

Dunyo
42
Rossiya ayollarini erta farzand ko‘rishga undamoqda
Rossiya Federatsiyasi parlamentining yuqori palatasi — Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko mamlakat ayollarini 18 yoshdan boshlab farzand ko‘rishga undadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U bu haqda “Moskovskiy komsomoles” gazetasiga bergan intervyusida o‘z fikrlarini bildirgan. Matviyenko demografik vaziyatni yaxshilash uchun ayollar mentalitetini o‘zgartirish kerakligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, katta va barqaror oila qadriyatga aylanishi lozim. U ayollarning farzand ko‘rishni kechiktirmasligini, voyaga yetgach tug‘ishni odat qilishlari kerakligini aytgan.

Shuningdek, u farzand ko‘rishni ortga surish tibbiy yoki boshqa sabablarga ko‘ra imkoniyatni yo‘qotishga olib kelishi mumkinligini qayd etdi. 76 yoshli Matviyenko bir nafar farzandning onasi bo‘lib, uni 24 yoshida dunyoga keltirgan.

Uning bu chaqirig‘i Rossiyada demografik inqiroz fonida yangragan. Statistikaga ko‘ra, 2025-yil boshiga kelib Rossiya aholisi 146 milliondan biroz kamroqni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan pasayishni ko‘rsatadi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 2045-yilga kelib Rossiya aholisi 130 milliongacha qisqarishi mumkin. Ba’zi prognozlarga ko‘ra, 2100-yilga borib bu ko‘rsatkich 74 milliongacha tushib ketishi ehtimoldan holi emas.

Rossiya rahbariyati bu demografik muammolarni hal qilish maqsadida aholiga erta farzand ko‘rishni targ‘ib qilmoqda. Prezident Vladimir Putin ham bu masalaga e’tibor qaratib, farzand ko‘rishni kechiktirishni tanqid qilgan.

U o‘qish yoki karyera ortidan quvish sababli onalik va otalikni kechiktirish noto‘g‘ri ekanini ta’kidlagan. Putinning farmoniga ko‘ra, 2030-yilgacha tug‘ilish koeffitsiyenti 1,6 nafarga, 2036-yilgacha esa 1,8 nafarga yetkazilishi lozim.

Bu kabi chora-tadbirlar orqali mamlakatda demografik inqirozni bartaraf etish rejalashtirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026