Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Rossiya ayollarni erta farzand ko‘rishga undamoqda

Dunyo
45
Rossiya ayollarni erta farzand ko‘rishga undamoqda
Rossiya Federatsiyasi parlamentining yuqori palatasi – Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko mamlakat ayollarini 18 yoshdan boshlab farzand ko‘rishga undadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning fikricha, demografik muammolarni hal qilish uchun avvalo jamiyat dunyoqarashini o‘zgartirish zarur. Matviyenkoning ta’kidlashicha, ayollar voyaga yetgan zahoti farzandli bo‘lishni odatiy holga aylantirish kerak.

U muvaffaqiyat tushunchasini qayta ko‘rib chiqish lozimligini aytib, katta va mustahkam oilaga ega bo‘lishni haqiqiy muvaffaqiyat deb hisoblash kerakligini ta’kidladi. Parlament spikeri ayollarni farzandli bo‘lishni ortga surmaslikka chaqirib, tibbiy yoki boshqa sabablarga ko‘ra keyinchalik bu imkoniyatni yo‘qotish xavfi borligini eslatdi.

Ushbu chaqiriqning asosiy sababi Rossiyada yuzaga kelgan demografik inqirozdir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisi yil sayin kamaymoqda.

Masalan, 2045 yilga borib Rossiya aholisi 138,8 million kishiga qisqarishi mumkin. Ba’zi mutaxassislar esa 2100 yilga kelib bu ko‘rsatkich 74 million kishigacha tushishini prognoz qilmoqda.

Bu holat mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy barqarorligiga jiddiy xavf tug‘diradi. Shu sababli, Rossiya rahbariyati aholini erta farzand ko‘rishga rag‘batlantirishga katta e’tibor qaratmoqda.

Prezident Vladimir Putin ham yoshlarga murojaat qilib, ta’lim yoki kar’era sababli farzandli bo‘lishni kechiktirmaslikni tavsiya qilgan. Hukumatning maqsadi tug‘ilish ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘lib, 2030 yilga borib bu ko‘rsatkichni 1,6 nafarga, 2036 yilga kelib esa 1,8 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29