ENRU

Atlanta aeroporti dunyodagi eng gavjum aeroport bo‘ldi

Dunyo
34
Atlanta aeroporti dunyodagi eng gavjum aeroport bo‘ldi
Dunyodagi eng gavjum xalqaro aeroportlar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu ro‘yxatda AQShning Jorjiya shtatida joylashgan Atlanta—Hartsfild-Jekson aeroporti yetakchilikni yana bir bor qo‘lga kiritdi. 2024-yil yakunlariga ko‘ra, ushbu aeroport 108 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, rekord natijaga erishdi.

Atlanta aeroportining bunday yuqori natijalarga erishishiga bir qator omillar sabab bo‘lgan. Birinchidan, aeroport AQSh hududining 80 foiz qismiga 2–3 soatlik parvoz masofasida joylashgan.

Shuningdek, bu aeroportdan dunyoning 225 ta shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar amalga oshiriladi. Antarktidadan tashqari barcha qit’alarga parvozlar mavjud.

Aeroport trafigining katta qismi, ya’ni taxminan 85 foizi ichki reyslarga to‘g‘ri keladi. Atlanta aeroportida dunyodagi eng yirik avtomatlashtirilgan bagaj tizimi faoliyat yuritadi.

100 kilometr uzunlikdagi konveyerlar bir soat ichida 60 mingta jomadonni saralash quvvatiga ega. Yo‘lovchilar terminallar o‘rtasida SkyTrain tezyurar poyezdi orqali harakatlanadilar.

Reytingning ikkinchi o‘rnida Dubay xalqaro aeroporti joylashgan bo‘lib, u 2024-yilda 92,3 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Keyingi o‘rinlarda AQShning Dallas/Fort-Uert aeroporti (85 million yo‘lovchi), Tokiodagi Haneda va Londonning Hitrou aeroportlari qayd etilgan.

Yuk tashish bo‘yicha yetakchilik esa Gonkong xalqaro aeroportiga tegishli bo‘lib, u bir yil ichida 5 million tonnadan ortiq yukni qayta ishlagan.

O‘xshash yangiliklar

Vantor kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh yordamida Saturn sayyorasini suratga oldi
Vantor kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh yordamida Saturn sayyorasini suratga oldi
Vantor kompaniyasi o‘zining Yer orbitasidagi sun’iy yo‘ldoshi yordamida sayyoramizdan taxminan 1,5 milliard kilometr uzoqlikda joylashgan Saturn sayyorasini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:59
Putin va Tramp yuzma-yuz uchrashuv o'tkazishga kelishib oldi
Putin va Tramp yuzma-yuz uchrashuv o'tkazishga kelishib oldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Tramp o‘rtasida yaqin vaqt ichida yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Kreml rasmiy vakili
DunyoBugun, 03:21
Turkiyada 15 yoshga to'lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi
Turkiyada 15 yoshga to'lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi
Turkiya hukumati yosh avlodni internetning salbiy oqibatlaridan himoya qilish maqsadida joriy yilning 1-noyabridan boshlab 15 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini
DunyoBugun, 02:45
Aleksandr Bell ilk bor uzoq masofali telefon aloqasini o'rnatdi
Aleksandr Bell ilk bor uzoq masofali telefon aloqasini o'rnatdi
1876-yilning 9-oktabr kuni aloqa texnologiyalari tarixida tub burilish yasagan voqea yuz berdi. Telefon ixtirochisi Aleksandr Grem Bell va uning yordamchisi Tomas
DunyoBugun, 02:33
Peruda Gitler Mussolini ismli nomzod tuman hokimi etib saylandi
Peruda Gitler Mussolini ismli nomzod tuman hokimi etib saylandi
Peruning And tog‘lari hududida joylashgan Kveropalka tumani hokimligi uchun o‘tkazilgan saylovda g‘alati ism-sharifli nomzod Gitler Mussolini Simeon Flores g‘alaba qozondi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:57
Yaman va Saudiya Arabistoni xusiylarga qarshi qat'iy choralar ko'rishni so'radi
Yaman va Saudiya Arabistoni xusiylarga qarshi qat'iy choralar ko'rishni so'radi
Yaqin Sharqdagi vaziyat tobora keskinlashib borayotgan bir paytda, Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan rasmiy hukumati va Saudiya Arabistoni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga
DunyoBugun, 01:19