ENRU

Tehronda havo iflosligi sabab ta’lim to‘xtatildi

Dunyo
32
Tehronda havo iflosligi sabab ta’lim to‘xtatildi
Tehronda havo sifati yomonlashgani sababli ta’lim jarayoni vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Maktablar va universitetlar yopilib, darslar masofaviy shaklda davom ettirilmoqda. Shahar hokimiyati vaziyatni xavfli deb baholagan va tegishli choralarni ko‘rmoqda.

Davlat va xususiy sektorda faoliyat yurituvchi ko‘plab ishchilarga uydan ishlashga ruxsat berilgan. Biroq favqulodda xizmatlar, tibbiyot xodimlari, harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari vakillari odatdagidek ishda qolmoqda.

Shaharda avtomobil harakati vaqtinchalik cheklangan. Soat 06:30 dan 20:30 gacha avtomobillar harakati nazorat qilinmoqda, yuk mashinalarining harakati esa to‘liq taqiqlangan.

Faqat yoqilg‘i va tez buziluvchi mahsulotlarni tashuvchi transport vositalariga istisno berilgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, agar yaqin kunlarda havo sifati yaxshilanmasa, cheklovlar yanada kuchaytirilishi va ularning amal qilish muddati uzaytirilishi ehtimoli mavjud.

Mahalliy hokimiyat havo ifloslanishini kamaytirish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoKecha, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoKecha, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoKecha, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoKecha, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoKecha, 12:44