ENRU

Vafot etgan onasi nomidan pensiya olgan erkak qo‘lga olindi

Dunyo
60
Vafot etgan onasi nomidan pensiya olgan erkak qo‘lga olindi
Italiyada 57 yoshli erkak uch yil davomida vafot etgan onasining pensiyasini noqonuniy ravishda olgani fosh etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

CNN xabariga ko‘ra, erkak 2022-yilda 82 yoshida vafot etgan onasi Graziella Dall’Oglio qiyofasiga kirib, yangi pasport rasmiylashtirish uchun davlat idorasiga borgan. U ayolning kiyimlarini kiyib, bo‘yanish va parikdan foydalangan holda onasining tashqi ko‘rinishini takrorlashga harakat qilgan.

Ammo hujjatlarni rasmiylashtiruvchi xodim erkakning harakati, yurishi va ovozidan shubhalanib, politsiyaga murojaat qilgan. Kuzatuv kameralarida "marhuma" avtomobil boshqargani aniqlangan, holbuki, ayolning haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan.

Politsiya erkakni darhol qo‘lga olgan. Tekshiruv davomida erkak yashagan xonadondan onasining mumiyolangan jasadi topilgan.

U jasadni kir yuvish xonasidagi shkafda maxsus qoplarga o‘rab saqlagan. Erkak tergov chog‘ida jasadni chirishdan saqlash uchun maxsus usullar qo‘llaganini tan olgan.

U jasadni yashirish, davlatni aldash, soxta hujjatlar tayyorlash va boshqa shaxs qiyofasiga kirishda ayblanmoqda. Italiya politsiyasi mamlakatda marhumlar nomidan pensiya olishga urinish holatlari kam emasligini, reestrlar o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvidagi kechikishlar firibgarlikka imkon yaratishini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Ukraina elchini Seulda chaqirib olindi, Vositachi AQSH tavsiya qilindi
Ukraina elchini Seulda chaqirib olindi, Vositachi AQSH tavsiya qilindi
Ukraina va Janubiy Koreya orasidagi diplomatik munosabatlar 8 oktyabrda jiddiy darajada siqindi, chunki Seul Kiyevdagi elchinini rasman chaqirib oldi. Bu qadam,
DunyoBugun, 04:32
Luis Enrikening qizi ishtirokida odam o‘limi bilan bog‘liq halokat yuz berdi
Luis Enrikening qizi ishtirokida odam o‘limi bilan bog‘liq halokat yuz berdi
Ispaniyalik taniqli futbol mutaxassisi Luis Enrikening oilasi navbatdagi og‘ir ruhiy zarbaga duch keldi. Italiyaning nufuzli nashrlari tarqatgan xabarlarga ko‘ra,
DunyoBugun, 04:06
Vantor kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh yordamida Saturn sayyorasini suratga oldi
Vantor kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh yordamida Saturn sayyorasini suratga oldi
Vantor kompaniyasi o‘zining Yer orbitasidagi sun’iy yo‘ldoshi yordamida sayyoramizdan taxminan 1,5 milliard kilometr uzoqlikda joylashgan Saturn sayyorasini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:59
Putin va Tramp yuzma-yuz uchrashuv o'tkazishga kelishib oldi
Putin va Tramp yuzma-yuz uchrashuv o'tkazishga kelishib oldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Tramp o‘rtasida yaqin vaqt ichida yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Kreml rasmiy vakili
DunyoBugun, 03:21
Turkiyada 15 yoshga to'lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi
Turkiyada 15 yoshga to'lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi
Turkiya hukumati yosh avlodni internetning salbiy oqibatlaridan himoya qilish maqsadida joriy yilning 1-noyabridan boshlab 15 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini
DunyoBugun, 02:45
Aleksandr Bell ilk bor uzoq masofali telefon aloqasini o'rnatdi
Aleksandr Bell ilk bor uzoq masofali telefon aloqasini o'rnatdi
1876-yilning 9-oktabr kuni aloqa texnologiyalari tarixida tub burilish yasagan voqea yuz berdi. Telefon ixtirochisi Aleksandr Grem Bell va uning yordamchisi Tomas
DunyoBugun, 02:33