Bugun
Shomurodov va Muriki golcheklovchilar jadvalida Salohni kuzatmoqda
+20°
небольшая облачность ветер 2 м/с, З
ENRU

Tailandda tobut ichida tirilgan ayol hayratga soldi

Dunyo
37
Tailandda tobut ichida tirilgan ayol hayratga soldi
Tailandning Nonthaburi provinsiyasida g‘ayrioddiy hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Kremaatsiyaga tayyorlangan 65 yoshli ayol tobut ichida tirilib, barchani hayratga soldi. “Al Jazeera” xabariga ko‘ra, ayolga avval noto‘g‘ri ravishda o‘lim tashxisi qo‘yilgani keyinchalik aniqlangan.

Hodisa ibodatxona xodimlari tobut ichidan kelayotgan zaif taqillash ovozini eshitishlari bilan boshlanadi. Rasmiylardan biri tobutni ochishni so‘raganida, hayratlanarli manzara yuzaga keladi: ayolning ko‘zlari ochilgandek bo‘lib, o‘zi tobutni taqillatgan.

Bu holat barchani shokka solgan. Ayolning akasining so‘zlariga ko‘ra, u ikki yil davomida og‘ir ahvolda to‘shakka mixlangan va so‘nggi ikki kun davomida nafas olmayotgandek ko‘ringan.

Shundan so‘ng, uni tobutga joylab, donorlik maqsadida Bangkok shifoxonasiga olib borishgan. Biroq o‘lim haqidagi rasmiy guvohnoma yo‘qligi sababli donorlik amalga oshirilmagan.

Shundan keyin ayol ibodatxonaga olib kelingan, biroq bu yerda ham hujjatlar yo‘qligi bois krematsiya kechiktirilgan. Ibodatxona xodimi marhumning qarindoshlariga o‘lim guvohnomasini olish tartibini tushuntirayotgan paytda, yana tobut ichidan taqillash ovozi eshitilgan.

Bu esa vaziyatni keskin o‘zgartirgan. Ayol zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Shifokorlar unga og‘ir gipoglikemiya tashxisini qo‘yishgan. Ma’lum bo‘lishicha, ayolning yurak urishi va nafas olishi to‘xtamagan, faqat tashqi ko‘rinish o‘limni eslatgan.

Ibodatxona ayolning barcha tibbiy xarajatlarini o‘z zimmasiga olgan.

O‘xshash yangiliklar

Xitoy Tibetida zilzila 16 kishi halok 54 kishi yaralandi
Xitoy Tibetida zilzila 16 kishi halok 54 kishi yaralandi
Xitoyning Tibet avtonom mintaqasida 7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo'lib, bu tabiiy ofat ko'plab inson hayotiga olgan va jiddiy talofatlar keltirgan. So'nggi
DunyoBugun, 12:40
Tojikiston sehr-jadu va firibgarlikka qarshi kurash e'lon qildi
Tojikiston sehr-jadu va firibgarlikka qarshi kurash e'lon qildi
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi aholi orasida tarqalgan xurofot, sehr-jodu va firibgarlikka qarshi keng miqyosli kurash e'lon qildi. Vazirlik rasmiy ma'lumotiga
DunyoBugun, 12:33
Belgrad ko‘chalari 150 ming fuqaro ishtiroki bilan namoyish maydoniga aylandi
Belgrad ko‘chalari 150 ming fuqaro ishtiroki bilan namoyish maydoniga aylandi
Serbiya poytaxti Belgrad ko‘chalari 22 oktyabr kuni 150 mingga yaqin fuqaroning ishtirokida katta namoyish maydoniga aylandi. Muxolifat va norozilik harakatlari
DunyoBugun, 11:35
Yaponiya politsiyasi xavfli plastik to‘pponchalarni avtomatlardan qaytarib olmoqda
Yaponiya politsiyasi xavfli plastik to‘pponchalarni avtomatlardan qaytarib olmoqda
Yaponiyada sovrinli avtomatlarda tarqatilgan 16 mingtagacha plastik o‘yinchoq to‘pponchaning haqiqiy o‘q-dorilarni otish qobiliyatiga ega ekanligi aniqlangach, Yaponiya Milliy politsiya agentligi
DunyoBugun, 10:15
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoKecha, 17:24
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoKecha, 14:40