ENRU

Gvineya-Bisauda siyosiy inqiroz: prezident hibsda

Dunyo
33
Gvineya-Bisauda siyosiy inqiroz: prezident hibsda
Gvineya-Bisau hozirda jiddiy siyosiy inqiroz domida qolmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat prezidenti Umaru Sissoko Embalo prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qilganidan ko‘p o‘tmay, prezidentlik saroyida hibsga olindi. U bu voqeani "davlat to‘ntarishi" deb atadi.

Jeune Afrique nashrining xabar berishicha, hibsga olish faqat prezident bilan cheklanmagan. Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general Biare Na Ntan, uning o‘rinbosari Mamad-u Ture hamda ichki ishlar vaziri Boche Kande ham qo‘lga olingan.

Bu voqealar mamlakatdagi siyosiy va xavfsizlik tizimiga jiddiy bosim bo‘layotganidan darak bermoqda. 23-noyabr kuni Gvineya-Bisauda prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkazilgan edi.

Davlat rahbarligi uchun 12 nomzod kurash olib bordi, ular orasida amaldagi prezident Embalo ham bor edi. Ammo muxolifat yetakchisi Domingos Simoyes Pereyraga nomzod sifatida ishtirok etishga ruxsat berilmagani siyosiy muhitni yanada keskinlashtirdi.

Saylov komissiyasi natijalarni 28-noyabr kuni e’lon qilishi kutilayotgan edi. Biroq Embalo o‘z g‘alabasini muddatidan avval e’lon qilib, siyosiy jarayonni murakkablashtirdi.

Embalo bu bayonotni berganidan keyin prezidentlik saroyi va milliy saylov komissiyasi binosi atrofida otishma ovozlari eshitilgani haqida AFP va Reuters axborot agentliklari xabar berdi. Mamlakatdagi vaziyat hozircha noaniqligicha qolmoqda.

Siyosiy raqobat, qurolli kuchlar harakati va xalqaro hamjamiyatning munosabati Gvineya-Bisaudagi inqirozning kelgusi rivojini belgilashi kutilmoqda. Mahalliy aholi va xalqaro tashkilotlar esa voqealarni xavotir bilan kuzatishda davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Korsika osmonida noyob va sirli qizil spritlar tasvirga olindi
Korsika osmonida noyob va sirli qizil spritlar tasvirga olindi
Fransiyaning Korsika orolida tabiatning eng noyob va sirli hodisalaridan biri hisoblangan qizil spritlar tasvirga olindi. Mahoratli fotograf tomonidan muhrlangan ushbu
DunyoBugun, 17:49
Istanbulda dori dozasini oshirib yuborgan qizaloq vafot etdi
Istanbulda dori dozasini oshirib yuborgan qizaloq vafot etdi
Turkiyaning Istanbul shahrida uch yoshli qizaloq isitma tushiruvchi siropni belgilangan miqdordan ortiq iste’mol qilishi natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Mahalliy
DunyoBugun, 17:15
Daniyada o'qituvchilarga tartibbuzar o'quvchilarni sinfdan chiqarish vakolati beriladi
Daniyada o'qituvchilarga tartibbuzar o'quvchilarni sinfdan chiqarish vakolati beriladi
Daniyada 2027-yilning avgust oyidan boshlab maktab o‘qituvchilariga dars jarayoniga xalaqit berayotgan yoki tartibni buzayotgan o‘quvchilarni sinf xonasidan majburiy tartibda chiqarib yuborish
DunyoBugun, 16:31
Rossiya kompaniyasi yuzdan ortiq inson jasadini muzlatilgan holda saqlamoqda
Rossiya kompaniyasi yuzdan ortiq inson jasadini muzlatilgan holda saqlamoqda
Rossiyaning KrioRus kompaniyasi kelajakda ilm-fan taraqqiyoti natijasida qayta tiriltirish umidida 109 nafar insonning tanasi yoki miyasini o‘ta past haroratda
DunyoBugun, 16:21
Netanyaxu muxolifat g'alabasi Falastin davlati tuzilishiga yo'l ochishidan ogohlantirdi
Netanyaxu muxolifat g'alabasi Falastin davlati tuzilishiga yo'l ochishidan ogohlantirdi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakatda kutilayotgan parlament saylovlari oldidan saylovchilarga murojaat qilib, muxolifatning g‘alabasi mustaqil Falastin davlati tuzilishiga yo‘l ochishi
DunyoBugun, 15:40
Ozarbayjonda hijobli o‘qituvchi va o‘quvchilar darsni ko‘chada o‘tdi
Ozarbayjonda hijobli o‘qituvchi va o‘quvchilar darsni ko‘chada o‘tdi
Ozarbayjonda maktab binosiga hijobda kelgan o‘qituvchi va bir necha o‘quvchi ta’lim muassasasiga kiritilmagani sababli dars mashg‘ulotlarini ko‘chada, yo‘lak ustida o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Bu
DunyoBugun, 15:21