ENRU

Dunyodagi eng qimmat shaharlar reytingi e’lon qilindi

Dunyo
79
Dunyodagi eng qimmat shaharlar reytingi e’lon qilindi
2025 yilga kelib dunyoning yirik shaharlarida turar joy bozori keskin o‘zgarishlarga yuz tutdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ayniqsa, kondominiumlar segmentida narxlar jadal o‘sib, ko‘plab hududlarda aholining xarid imkoniyatidan ancha yuqori darajaga yetdi. Numbeo portali tomonidan e’lon qilingan reyting dunyodagi eng qimmat 10 shaharni aniqladi.

Bu yilgi natijalarda Shveysariya shaharlarining ko‘pligi alohida e’tiborni tortdi. Ushbu TOP-10 ro‘yxatida beshta Shveysariya shahri joy oldi.

Reytingning birinchi pog‘onasida Hongkong turibdi. Bu shaharda turar joyning har bir kvadrat metri o‘rtacha 25 339 dollarni tashkil etadi.

Hongkongning uzoq yillardan beri yetakchi o‘rinni egallab kelishi bir nechta omillar bilan bog‘liq. Ularga yer maydonining cheklanganligi, aholi zichligi, rivojlangan infratuzilma va Osiyodagi eng yirik moliyaviy markazlardan biri sifatidagi mavqei kiradi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Shveysariya shaharlaridan Syurix (1 kvadrat metr uchun 24,8 ming dollar) va Lozanna (22,9 ming dollar) joylashgan. To‘rtinchi o‘rinni Osiyoning rivojlangan markazlaridan biri — Singapur egalladi.

Bu yerda kvadrat metr narxi o‘rtacha 22,5 ming dollarni tashkil etadi. Beshinchi pog‘onada esa Shveysariyaning Bern shahri (22,2 ming dollar) qayd etildi.

Reytingning qolgan pog‘onalarida Jeneva, Seul, Bazel, Tel-Aviv–Yaffo va London kabi shaharlarga o‘rin berilgan. E’tiborlisi, AQSH kabi rivojlangan mamlakatdan faqat Nyu-York TOP-20 ro‘yxatiga kirdi va u 11-o‘rinni egalladi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, global talabning ortishi, yer maydonining chegaralanganligi, inflyatsiya va yirik shaharlarning iqtisodiy jozibadorligi sabab narxlar oshishda davom etmoqda. Kelgusi yillarda ayrim shaharlarda narxlarning yanada o‘sishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

O‘xshash yangiliklar

O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSHda muhandislik sohasida ish o'rinlari 8 foizga ko'tariladi
AQSH Mehnat statistikasi byurosi 2025–2035 yillarga mo'ljallangan hisobotda muhandislik sohasidagi ish o'rinlari sonining 8 foizga ko'payishini kutilganini e'lon qildi.
DunyoKecha, 13:24
Dunyo bo‘ylab 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda — Uchinchi urush xavfi oshayotgan
Dunyo bo‘ylab 65 ta qurolli mojaro davom etmoqda — Uchinchi urush xavfi oshayotgan
Xalqaro geosiyosiy maydonda hozirgi vaqtda keskinlashish ko‘rilmagan darajada davom etmoqda. Financial Times (FT) nashri tomonidan e’lon qilingan tahlilga ko‘ra,
DunyoKecha, 11:50