Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 5 м/с, СЗ
ENRU

Namanganda YPX xodimi yo‘l halokatida halok bo‘ldi

Dunyo
36
Namanganda YPX xodimi yo‘l halokatida halok bo‘ldi
Namanganda yo‘l-transport hodisasi oqibatida YPX xodimi Doniyor Nurillayev halok bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Fojia 25-noyabr kuni soat 20:00 atrofida yuz bergan.

Xodim tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan vaqtda, uni avtomobil urib yuborgan. Aniqlanishicha, Doniyor Nurillayev Ichki ishlar vazirligining Yangi Namangan tumanidagi gospitaliga yo‘l olayotgan bo‘lgan.

Uni urib yuborgan haydovchi voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan shaxs bo‘lib, Onix rusumli avtomobilni yuqori tezlikda boshqargan va quvib o‘tish harakatini amalga oshirgan. Hodisa natijasida xodim og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026