Bugun
Markaziy Bank o‘lchovli oltin quymalarning yangi narxlarini e‘lon qildi
+20°
небольшая облачность ветер 2 м/с, З
ENRU

Tobutdan tirik chiqqan ayol hammani hayratga soldi

Dunyo
47
Tobutdan tirik chiqqan ayol hammani hayratga soldi
Tailandda yuz bergan noodatiy voqea mamlakat ommaviy axborot vositalarida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Nonthaburi provinsiyasidagi ibodatxonada krematsiyaga tayyorlangan 65 yoshli ayol tobut ichidan tirik holda topildi. Hodisa tafsilotlariga ko‘ra, ibodatxona xodimlari tobut ichidan zaif taqillash ovozini eshitib, darhol uni ochgan.

Tobut ichida yotgan ayolning ko‘zlari yarim ochiq bo‘lib, u qopqoqni taqillatgan. Ayolning akasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, u ikki yildan buyon og‘ir xastalikdan aziyat chekib kelgan va bir necha kun oldin nafas olmayotgandek ko‘ringan.

Shu sababli uni donorlik uchun Bangkok shahridagi shifoxonaga olib borishgan, biroq o‘lim guvohnomasining yo‘qligi bois qabul qilishmagan. Shundan so‘ng, ayolning jasadi ibodatxonaga olib kelingan.

Biroq bu yerda ham hujjatlar rasmiylashtirilmagani sababli krematsiya amalga oshirilmagan. Marosim davomida tobut yana taqillab, xodimlar va yig‘ilganlarni hayratga solgan.

Ayol shoshilinch tarzda kasalxonaga yetkazilgan. Shifokorlar uning qondagi qand miqdori keskin tushib ketganini, ya’ni og‘ir gipoglikemiya holatini aniqlashgan.

Aslida uning yurak va nafas olish faoliyati to‘xtamagan ekan. Ibodatxona ma’muriyati ayolning davolanish xarajatlarini o‘z zimmasiga olganini ma’lum qilgan.

Bu voqea hudud ahlini hayratda qoldirgan va keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

O‘xshash yangiliklar

Xitoy Tibetida zilzila 16 kishi halok 54 kishi yaralandi
Xitoy Tibetida zilzila 16 kishi halok 54 kishi yaralandi
Xitoyning Tibet avtonom mintaqasida 7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo'lib, bu tabiiy ofat ko'plab inson hayotiga olgan va jiddiy talofatlar keltirgan. So'nggi
DunyoBugun, 12:40
Tojikiston sehr-jadu va firibgarlikka qarshi kurash e'lon qildi
Tojikiston sehr-jadu va firibgarlikka qarshi kurash e'lon qildi
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi aholi orasida tarqalgan xurofot, sehr-jodu va firibgarlikka qarshi keng miqyosli kurash e'lon qildi. Vazirlik rasmiy ma'lumotiga
DunyoBugun, 12:33
Belgrad ko‘chalari 150 ming fuqaro ishtiroki bilan namoyish maydoniga aylandi
Belgrad ko‘chalari 150 ming fuqaro ishtiroki bilan namoyish maydoniga aylandi
Serbiya poytaxti Belgrad ko‘chalari 22 oktyabr kuni 150 mingga yaqin fuqaroning ishtirokida katta namoyish maydoniga aylandi. Muxolifat va norozilik harakatlari
DunyoBugun, 11:35
Yaponiya politsiyasi xavfli plastik to‘pponchalarni avtomatlardan qaytarib olmoqda
Yaponiya politsiyasi xavfli plastik to‘pponchalarni avtomatlardan qaytarib olmoqda
Yaponiyada sovrinli avtomatlarda tarqatilgan 16 mingtagacha plastik o‘yinchoq to‘pponchaning haqiqiy o‘q-dorilarni otish qobiliyatiga ega ekanligi aniqlangach, Yaponiya Milliy politsiya agentligi
DunyoBugun, 10:15
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada Shamonda virusi insonda aniqlandi bemor vafot etdi
Fransiyada asosan qoramollarda uchraydigan Shamonda virusi ilk bor insonda aniqlandi. Virus qayd etilgan bemor oktyabr oyi boshida Lion shahrida vafot etgan. Ma'lum
DunyoKecha, 17:24
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Makka voqeasidagi Bangladesh fuqorolari ota-onasi tasdiqladi
Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjidul Haromda sodir bo‘lgan voqea jamoatchilik e’tiborini tortib oldi. Hodisa atrofida ijtimoiy tarmoqlarda va xabar
DunyoKecha, 14:40