ENRU

Rossiyada migrantlar uchun viza rejimi taklif qilindi

Dunyo
36
Rossiyada migrantlar uchun viza rejimi taklif qilindi
Rossiyadagi "Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun" partiyasi rahbari Sergey Mironov mamlakatda migratsiya masalalari jiddiy muammoga aylanganini ta’kidlab, bu borada qat’iy choralar ko‘rish zarurligini ilgari surdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Siyosatchi "Rossiya 24" telekanali orqali chiqishida migrantlarga nisbatan uchta asosiy taklifni bildirdi. Ushbu takliflar orasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy etish masalasi ham bor.

Mironovning fikricha, Rossiyaning ayrim hududlarida mahalliy aholi o‘z yashash joylarini tark etishga majbur bo‘lmoqda. U bu holatni "kelgindilarning hududni egallashi va o‘z urf-odatlariga ko‘ra yashashi" bilan izohladi.

Siyosatchi migrantlarning Rossiya qonunlariga amal qilmayotganini tanqid qilib, vaziyatni o‘ta jiddiy deb baholadi va qat’iy choralar ko‘rishni talab qildi. Mironovning birinchi taklifi migrantlar uchun patent tizimidan voz kechib, rotatsiya usuliga o‘tishdir.

Ya’ni, ishchilar shaharlarda emas, balki qurilish maydonlarida yashash joylari bilan ta’minlanishi kerak. Bu tamoyil "keldi – ishladi – ketdi" tartibiga asoslanadi.

Ikkinchi taklif esa migrant jinoyat sodir etsa, nafaqat u, balki uning oila a’zolari va qarindoshlari ham mamlakatdan chiqarib yuborilishi kerakligini nazarda tutadi. Bu jamoaviy jazolash mexanizmini joriy etish deganidir.

Uchinchi taklif Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza rejimini joriy qilishdir. Mironov bu rejimni joriy etish masalasi muqarrar ekanini ta’kidladi.

Siyosatchi ilgari ham migratsiya oqimining ijtimoiy sohaga ortiqcha yuk bo‘layotgani haqida gapirgan. Uning fikricha, migrantlarning ko‘pchiligi ish uchun emas, balki shaxsiy va oilaviy sabablarga ko‘ra Rossiyaga kelmoqda.

Shu sababli, bu masala yanada jiddiy e’tibor talab qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59