Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida Xitoy fuqarolari halok bo‘ldi

Dunyo
66
Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida Xitoy fuqarolari halok bo‘ldi
Tojikiston va Afg‘oniston chegarasida yuz bergan qurolli hujum oqibatida uch nafar Xitoy fuqarosi halok bo‘ldi, yana biri yaralandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Xitoyning Tojikistondagi elchixonasi ma’lumotiga asoslanib, Reuters axborot agentligi xabar berdi. Fojia 26-noyabr kuni Afg‘onistonning janubi-g‘arbiy Xatlon viloyati yaqinida sodir bo‘lgan.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning barchasi chegaradosh hududda faoliyat yurituvchi "Shahin SM" kompaniyasining xodimlari bo‘lgan. Hujum Afg‘oniston hududidan granatali dronlar yordamida amalga oshirilgani aytilmoqda.

Hujum ortida kim turgani hozircha noma’lum. Xitoy hukumati Dushanbeni voqeani tezkorlik bilan o‘rganishga chaqirdi va o‘z fuqarolarini darhol xavfsiz hududlarga ko‘chishni tavsiya qildi.

Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bu hodisani mintaqada beqarorlikni kuchaytirishga intilayotgan noma’lum guruhlarning ishi sifatida baholadi. Ular Tojikiston hukumati bilan to‘liq hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Mazkur hodisa Tojikiston-Afg‘oniston chegarasidagi xavfsizlik darajasi pasayib borayotganini va bu jarayonda xalqaro fuqarolar ham qurbon bo‘layotganini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026