Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+23°
пасмурно ветер 0 м/с, СВ
ENRU

Rossiyada WhatsApp faoliyati cheklanishi mumkin

Dunyo
46
Rossiyada WhatsApp faoliyati cheklanishi mumkin
Rossiyada WhatsApp messenjeri faoliyati atrofida jiddiy vaziyat yuzaga kelmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Agar platforma mahalliy qonunlarga to‘liq amal qilmasa, mamlakat hududida ishlashdan to‘xtashi mumkin. Bu haqda Rossiyaning aloqa va axborot texnologiyalari sohasida nazoratni amalga oshiruvchi federal xizmat – Roskomnadzor rasmiy ma’lumot berdi.

Roskomnadzorning ta’kidlashicha, messenjerga nisbatan cheklov choralari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Sabab sifatida WhatsApp Rossiyada jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan qonun talablarini bajarmayotgani ko‘rsatilgan.

Xususan, platforma terrorchilik faoliyatlarini tashkil qilish, jinoyatchilarni yollash va boshqa noqonuniy harakatlarda foydalanilayotgani qayd etilgan. Shu sababli Roskomnadzor messenjer faoliyatini nazoratga olib, cheklovlarni kuchaytirishga majbur bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, cheklovlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, bu esa foydalanuvchilarga boshqa ilovalarga o‘tish imkonini bermoqda. Agar WhatsApp Rossiya qonunlariga rioya qilishdan bosh tortsa, u to‘liq bloklanishi mumkin.

Avgust oyidan beri messenjerning qo‘ng‘iroqlar sifati yomonlashgani kuzatilgan. Oktyabr oyida esa Roskomnadzor WhatsApp faoliyatini qisman cheklashga kirishgan va bu qarorni jinoyatchilikka qarshi kurash zarurati bilan izohlagan.

28-noyabr kuni Moskva shahrida va boshqa hududlarda messenjer faoliyatida uzilishlar, xabar yuborishda kechikishlar va media fayllarni jo‘natishda qiyinchiliklar kuzatilgan. Hozirda WhatsApp Rossiyada eng ommabop messenjerlardan biri bo‘lib, Google Play ma’lumotlariga ko‘ra, “Aloqa” toifasidagi ilovalar orasida beshinchi o‘rinda turadi.

Mediascope tahlillariga ko‘ra, 2025-yil oktyabr oyida Rossiyada messenjerning auditoriyasi 96,2 million foydalanuvchini tashkil etgan, Telegram esa 91 million foydalanuvchiga ega bo‘lgan. WhatsApp’ning to‘liq bloklanishi haqidagi muhokamalar 2024-yildan buyon davom etmoqda.

Davlat Dumasi qo‘mitasi rahbari Sergey Boyarskiy o‘tgan yil dekabr oyida bu masalani mish-mish deb atagan va ehtiyotkorlik bilan yondashishni tavsiya qilgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026