Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 26 oktabr
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Rossiyada WhatsApp’dan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanmoqda

Dunyo
51
Rossiyada WhatsApp’dan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanmoqda
Rossiya Aloqa va axborot texnologiyalarini nazorat qilish organi (Roskomnadzor) mamlakat hududida WhatsApp messenjeridan foydalanishni bosqichma-bosqich cheklashni boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tashkilot bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu messenjer terrorchilik hujumlarini muvofiqlashtirish, jinoyatchilarni yollash, firibgarlik va rossiyalik fuqarolarga qarshi boshqa noqonuniy harakatlarda qo‘llanilmoqda. Roskomnadzor ta’kidlashicha, cheklovlar bosqichma-bosqich joriy etilib, foydalanuvchilar uchun muqobil xizmatlarga o‘tish imkoniyati yaratiladi.

Agar WhatsApp Rossiya qonunchiligida belgilangan talablarni bajarmasa, uning faoliyati butunlay to‘xtatilishi mumkin. WhatsApp’dan foydalanishda yuzaga kelgan muammolar haqida shikoyatlar noyabr oyining oxirlarida paydo bo‘lgan edi.

Shu yilning yozida Roskomnadzor WhatsApp va Telegram’da ovozli qo‘ng‘iroqlarni cheklash choralarini ham amalga oshirgan edi. Tashkilotning ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchilar ushbu platformalar orqali firibgarlik qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish va noqonuniy yollash harakatlarini kuchaytirgan.

Shuningdek, Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi xorijiy messenjerlarda ovozli qo‘ng‘iroqlarni cheklash orqali firibgarlik holatlarini kamaytirish va aloqa xavfsizligini oshirishga erishish mumkinligini bildirgan. Biroq cheklovlarga qaramasdan, WhatsApp Rossiyada eng ommabop messenjer bo‘lib qolmoqda.

2025 yil avgust oyi holatiga ko‘ra, uning oylik foydalanuvchilari soni 97 millionga, kunlik foydalanuvchilari esa 82,1 millionga yetgan.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59