Bugun
Qirg'iziston o'zining ilk sun'iy yo'ldoshini koinotga uchirdi
+26°
пасмурно ветер 1 м/с, С
ENRU

Naqd yordam va talonlar ta’siri o‘rganildi

Dunyo
36
Naqd yordam va talonlar ta’siri o‘rganildi
AQShda ijtimoiy yordam oluvchilarning xatti-harakatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy yordamning shakli yordam oluvchilarning iste’mol va xarajatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

National Bureau of Economic Research (NBER) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda naqd pul ko‘rinishidagi yordam va oziq-ovqat talonlari ta’siri o‘rganildi. 1998–2019-yillarda Janubiy Karolinada Supplemental Security Income (SSI) va SNAP dasturlari tahlil qilindi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, naqd pul yordam olgach, ayrim odamlar "vasvasali tovarlar" – alkogol va narkotik moddalar sotib olishga moyillik ko‘rsatadi. Naqd pul berilgandan keyingi bir hafta ichida shoshilinch tibbiy yordamga murojaatlar soni 20–30% ga oshgan.

Oziq-ovqat talonlari esa bunday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Bundan tashqari, naqd pul yordamidan keyin yangi kasalliklarga oid retseptlar olish holatlari ham 20–40% ga oshgani kuzatilgan.

Ammo oziq-ovqat talonlari olganda bunday o‘zgarish kuzatilmagan. Tadqiqotchilar bu farqni insonlarning moliyaviy resurslarni boshqarish qobiliyatiga bog‘lashadi.

Oziq-ovqat talonlari faqat oziq-ovqat xarid qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, naqd pul universal resurs sifatida impulsiv xarajatlarga ham sarflanishi mumkin. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, davlat aralash yordam tizimini qo‘llashi, ya’ni naqd pul va talonlar nisbatini ehtiyojmandlarning o‘zini nazorat qilish qobiliyatiga qarab belgilashi samarali bo‘ladi.

Zararli mahsulotlarga yuqori soliqlar qo‘llansa ham, oziq-ovqat talonlari kabi yordam turlari sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yukni kamaytirishi va ijtimoiy barqarorlikni oshirishi mumkin. Ushbu tadqiqot ijtimoiy yordamning samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim dalil sifatida e’tiborga olinadi.

O‘xshash yangiliklar

Qozog‘istonlik sportchi poyabzali sababli Osiyo o‘yinlari oltin medalidan mahrum etildi
Qozog‘istonlik sportchi poyabzali sababli Osiyo o‘yinlari oltin medalidan mahrum etildi
Qozog‘istonlik sportchi Yasmina Toksanbayeva Yaponiyaning Ayti va Nagoya shaharlarida o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarida marafon yugurish bahslarida marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:39
Portugaliya terma jamoasi Ronaldu tufayli millionlab obunachilarini yo‘qotdi
Portugaliya terma jamoasi Ronaldu tufayli millionlab obunachilarini yo‘qotdi
Portugaliya terma jamoasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq ziddiyatli vaziyat tufayli bir sutka ichida millionlab obunachilarini yo‘qotdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 03:15
Saudiya Arabistoni Falastin mustaqilligi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini tasdiqladi
Saudiya Arabistoni Falastin mustaqilligi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini tasdiqladi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan bayonot berib, G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarni hamda Al-Aqso masjidi daxlsizligining
DunyoBugun, 02:53
Tramp saylovda g'alaba qozonsa har bir fuqaroga pul berishni va'da qildi
Tramp saylovda g'alaba qozonsa har bir fuqaroga pul berishni va'da qildi
Amerika Qo‘shma Shtatlari sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakatda kutilayotgan muhim oraliq saylovlar oldidan kutilmagan va shov-shuvli bayonot bilan chiqdi. U agar
DunyoBugun, 02:09
Eronda ayolni zo‘rlagan besh nafar shaxs qatl etildi
Eronda ayolni zo‘rlagan besh nafar shaxs qatl etildi
Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatiga qarashli Marand shahrida ayol kishini o‘g‘irlab ketish va unga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilishda ayblangan besh nafar erkak qatl etildi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 01:47
Saida Mirziyoyeva AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
DunyoBugun, 01:10