Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Egizaklar turli otalardan: noyob hodisa aniqlandi

Dunyo
59
Egizaklar turli otalardan: noyob hodisa aniqlandi
Braziliyada yashovchi 19 yoshli qiz egizak farzand dunyoga keltirdi, biroq DNK tahlili kutilmagan natijalarni ochib berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, egizaklarning har biri turli erkaklardan bo‘lgan. Ayol dastlab farzandlaridan biriga otalikni aniqlash maqsadida tanish yigitdan DNK tahlili topshirgan.

Natijada faqat bitta bola uning biologik farzandi sifatida tasdiqlangan. Shundan so‘ng, ayol boshqa yigitdan ham DNK tahlili olgan va ikkinchi bolaning boshqa erkakka tegishli ekani aniqlangan.

Bu noyob biologik hodisa ilmiy adabiyotlarda "geteropaternal superfekundatsiya" deb ataladi. Bunday holat shunday yuzaga keladiki, ayol ovulyatsiya davrida ikki erkak bilan aloqada bo‘ladi va turli sperma hujayralari ikki tuxum hujayrasini urug‘lantiradi.

Statistikaga ko‘ra, bunday holat millionta egizak tug‘ilishdan faqat bittasida kuzatiladi. Ayni paytda, ikki bola ham onaning qaramog‘ida tarbiyalanmoqda.

Ushbu voqea tibbiyot sohasida noyob biogenetik hodisa sifatida o‘rganilmoqda. Shuningdek, bu masala huquqiy jihatdan ham muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mutaxassislar ushbu holatning o‘ta kamyobligini ta’kidlamoqdalar.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026