Bugun
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
+22°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Ronaldu va Jorjinaning to‘yi 2026 yilda Portugaliyada bo‘ladi

Dunyo
58
Ronaldu va Jorjinaning to‘yi 2026 yilda Portugaliyada bo‘ladi
Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning uzoq kutilgan to‘ylari Portugaliyada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

"Jornal da Madeira" nashrining xabar berishicha, mazkur marosim futbolchining tug‘ilgan shahri Funshalda, 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyingi yozda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, nikoh marosimi Funshal shahridagi markaziy katolik cherkovida o‘tkazilib, tantanali tadbir shaharning hashamatli mehmonxonalaridan birida davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2023 yilning avgust oyida uzoq yillar davomida birga bo‘lgan sevgilisi Jorjina Rodrigesga rasmiy ravishda turmush qurish taklifini bildirgan edi. Juftlikning tanishuvi 2016 yilda, Ronaldu "Real Madrid" klubida faoliyat olib borayotgan, Jorjina esa Madrid shahridagi Gussi do‘konida ishlayotgan paytda boshlangan.

Ular 2017 yil boshida ilk farzandlari Alana Martinaning dunyoga kelishini ommaga e’lon qilishgan edi. Bugungi kunda Krishtianu Ronaldu besh nafar farzandning otasi hisoblanadi.

Uning farzandlari: Krishtianu Junior (2010), egizaklar Eva va Mateo (2017), Alana Martina (2017) hamda Bella Esmeralda (2022). Shuningdek, Ronaldu va Jorjina yaqinda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasining AQSHga tashrifi munosabati bilan Oq uyda o‘tkazilgan rasmiy kechki qabulda ishtirok etishgan edi.

O‘xshash yangiliklar

BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) Italiya hududida yadroviy tiyib turish bo‘yicha o‘zining har yilgi an’anaviy «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi.
DunyoBugun, 11:33
Tramp Ogayo mitingida uchinchi muddatni istashini bildirdi
Tramp Ogayo mitingida uchinchi muddatni istashini bildirdi
AQSH prezidenti Donald Trump Ogayo shtatida bo‘lib o‘tgan saylovoldi mitingida, Oq uy rahbari lavozimida uchinchi muddatga ham qolishni istashini ma’lum qildi. Ushbu
DunyoBugun, 10:37
Tramp Ukrainaning yangi prezidentga ega bo‘lish vaqti keldi deb hisoblaydi
Tramp Ukrainaning yangi prezidentga ega bo‘lish vaqti keldi deb hisoblaydi
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainada davlat rahbarini almashtirish vaqti kelganini ochiq ma’lum qildi. U bayonoti Oq uy rahbari tomonidan qilingan va Newsweek jurnali
DunyoBugun, 10:14
Fransiya prezidenti Makron DF Peak tankerni qo‘lga oldini tasdiqladi
Fransiya prezidenti Makron DF Peak tankerni qo‘lga oldini tasdiqladi
Fransiya harbiy-dengiz kuchlari Hind okeanida neft mahsulotlarini noqonuniy tashishda va soxta bayroq ostida suzishda gumon qilingan DF Peak nomli neft tankerini qo‘lga oldi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 09:43