ENRU

Turkmaniston 200 manatlik polimer kupyura chiqardi

Dunyo
89
Turkmaniston 200 manatlik polimer kupyura chiqardi
Turkmaniston Markaziy banki 1-dekabrdan boshlab 200 manatlik yangi banknotani muomalaga chiqardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu kupyura mamlakatning doimiy betaraflik maqomining 30 yilligiga bag‘ishlangan. Yangi pul belgisi polimer materialdan tayyorlangan bo‘lib, nafaqat 200 manatlik, balki 1, 5 va 10 manatlik kupyuralar ham qayta ishlanib, polimer asosida chiqarildi.

Ularning avvalgi rangi va ko‘rinishi saqlab qolingan, biroq 2025 yilni Xalqaro tinchlik va ishonch yili deb belgilagan maxsus emblema qo‘shilgan. 200 manatlik pulning old tomonida Arqadag‘ haykali, orqa tomonida esa Arqadag‘ shahri hokimligining ma’muriy binosi aks ettirilgan.

Polimer kupyuralar qog‘oz pullarga qaraganda bir qator ustunliklarga ega. Ular soxtalashtirishga qarshi kuchli himoyaga ega bo‘lib, tashqi ta’sirlarga chidamli: ifloslanish, namlik va yeyilishga bardoshli.

Shuningdek, polimer pullar qog‘oz pullarga nisbatan uzoqroq muddat xizmat qiladi, oson yirtilmaydi va bakteriyalarni kamroq to‘playdi. Eskirgan polimer pullarni qayta ishlash imkoniyati esa ularni atrof-muhitga zararini kamaytiradi.

Turkmaniston Markaziy Osiyoda polimer pulni muomalaga kiritgan birinchi davlat bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, dunyoda birinchi polimer banknotlar 1988 yilda Avstraliyada joriy etilgan va bu mamlakat keyinchalik qog‘oz valyutadan butunlay voz kechgan.

Shu bilan birga, mamlakatda manatning rasmiy kursi 1 dollar uchun 3,5 manatni tashkil etsa-da, norasmiy bozorda bu qiymat 19-20 manatgacha yetadi. Markaziy bank avvalgi qog‘oz pullar ham qonuniy to‘lov vositasi sifatida muomalada qolishini ma’lum qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Rossiyada gripp va koronavirus bilan kasallanish holatlari keskin ko'paydi
Rossiyada gripp va koronavirus bilan kasallanish holatlari keskin ko'paydi
Rossiya hududida o‘tkir respirator virusli infeksiyalar, gripp va koronavirus bilan kasallanish holatlari keskin ko‘payishi kuzatilmoqda. Joriy yilning 38-haftasi
DunyoBugun, 03:18
Krishtianu Ronaldu muxlisini chetga surib yuborgani bahslarga sabab bo‘ldi
Krishtianu Ronaldu muxlisini chetga surib yuborgani bahslarga sabab bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu ishtirokidagi video lavha tarqalib, keng jamoatchilik o‘rtasida qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi. Mazkur
DunyoBugun, 02:55
Qozog'istonda harbiy xizmatchilar halok bo'lgani munosabati bilan motam e'lon qilindi
Qozog'istonda harbiy xizmatchilar halok bo'lgani munosabati bilan motam e'lon qilindi
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Mang‘istau viloyatida yuz bergan fojia oqibatida harbiy xizmatchilarning halok bo‘lishi munosabati bilan 25-sentabr kunini mamlakat miqyosida motam kuni
DunyoBugun, 02:35
Britaniya sohillari yaqinida suv ostida qolgan qadimiy shahar topildi
Britaniya sohillari yaqinida suv ostida qolgan qadimiy shahar topildi
Buyuk Britaniyaning Norfolk grafligi sohillari yaqinida g‘avvoslar guruhi suv ostida qolib ketgan qadimiy Shipden aholi punktining qoldiqlarini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:52
Singapurda kitob o'qigan aholiga pul to'lash tizimi yo'lga qo'yildi
Singapurda kitob o'qigan aholiga pul to'lash tizimi yo'lga qo'yildi
Singapurda aholi orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va muntazam mutolaa odatini shakllantirish maqsadida ReadSG deb nomlangan yangi milliy dastur ishga tushirildi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:33
Sadio Mane Senegalda yirik agrosanoat loyihasini amalga oshirmoqda
Sadio Mane Senegalda yirik agrosanoat loyihasini amalga oshirmoqda
Senegallik mashhur futbolchi Sadio Mane o‘zi tug‘ilib o‘sgan Bambali qishlog‘ida qiymati qariyb 20 million dollarga teng bo‘lgan yirik agrosanoat loyihasini amalga oshirishga kirishdi. Bu haqda
DunyoBugun, 00:50