Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 21 noyabr
+16°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Oksford lug‘ati 2025-yil so‘zini e’lon qildi

Dunyo
46
Oksford lug‘ati 2025-yil so‘zini e’lon qildi
Oksford lug‘ati tomonidan 2025-yilning eng yaxshi so‘zi sifatida "ragebait" atamasi tanlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu so‘z ingliz tilidagi "rage" (g‘azab) va "bait" (xo‘rak) so‘zlaridan hosil bo‘lgan bo‘lib, u odatda auditoriyada ataylab salbiy munosabatni qo‘zg‘atadigan kontentni ifodalaydi. Oksford Til fakulteti prezidenti Kasper Gratvolning ta’kidlashicha, "ragebait" so‘zining ommalashuvi internetda qanday manipulyatsiyalar orqali insonlar e’tiborini tortish mumkinligini yanada chuqurroq anglab borayotganimizni ko‘rsatadi.

Ushbu atama so‘nggi bir yil ichida uch baravar ko‘proq ishlatila boshlagan. Yilning eng yaxshi so‘zini aniqlash uchun 30 mingdan ortiq odam ovoz berdi.

"Ragebait" nafaqat oddiy foydalanuvchilar va blogerlar orasida, balki yirik ommaviy axborot vositalarida ham faol qo‘llanilmoqda. Bu jarayon auditoriyani jalb qilishning o‘ziga xos usuli sifatida tan olinmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026