Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+10°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimol
ENRU

Alyona Aitova Island-Pik cho‘qqisini zabt etdi.

Dunyo
27
Alyona Aitova Island-Pik cho‘qqisini zabt etdi.
O‘zbekistonlik Alyona Aitova birinchi marta mamlakatimiz nomidan Himolay tog‘laridagi Island-Pik (Imjatse) cho‘qqisini zabt etgan ayol bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu muvaffaqiyatli ekspeditsiyasi haqida u o‘zining Instagram sahifasida videolar bilan bo‘lishdi. Aitova Island-Pikni zabt etishni o‘zining eng qiyin, ammo eng unutilmas tog‘ sayohati sifatida ta’rifladi.

Mazkur tog‘ Khumbu mintaqasida, Everest tog‘ massiviga yaqin joylashgan bo‘lib, muzliklar orasidagi «orol» shaklidagi silueti sababli Island-Pik deb nomlangan. Tog‘ning balandligi 6,1 ming metrdan oshadi.

Ushbu cho‘qqiga ilk bor 1956 yilda Hans-Rudolf fon Gunten tomonidan chiqilgan. Island-Pik ko‘pincha Himolay tog‘larining balandroq cho‘qqilariga chiqishdan avval tayyorgarlik uchun tanlanadigan tog‘ sifatida mashhur.

Bundan avval Alyona Aitova Afrikaning eng baland nuqtasi – 5,8 ming metr balandlikdagi Kilimanjaro tog‘ini ham muvaffaqiyatli zabt etgan edi. Bu yutuqlar O‘zbekiston alpinistlari orasida yangi sahifani ochmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026