Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+23°
пасмурно ветер 1 м/с, В
ENRU

Pokrovsk va Volchansk uchun janglar davom etmoqda

Dunyo
31
Pokrovsk va Volchansk uchun janglar davom etmoqda
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy mojarolar fonida Pokrovsk va Volchansk shaharlarining nazorati borasida qarama-qarshi ma’lumotlar tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovning 30-noyabr kuni Prezident Vladimir Putinga bergan hisobotiga ko‘ra, Donetsk viloyatidagi Pokrovsk va Xarkiv viloyatidagi Volchansk shaharlarini Rossiya armiyasi nazoratga olgan. Ushbu ma’lumotni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov 1-dekabr kuni rasman tasdiqladi.

Hisobotda Mirnogradning janubiy qismi hamda Gulyaypole shahri uchun harbiy operatsiyalar davom etayotgani qayd etilgan. Biroq Ukraina tomoni bu xabarlarni qat’iy rad etmoqda.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 1-dekabr kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvdan so‘ng Pokrovsk va Volchanskning Rossiya qo‘liga o‘tganini inkor qildi. Zelenskiy ushbu hududlardagi janglar davom etayotganini va vaziyat murakkabligini tan oldi.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotiga ko‘ra, Pokrovsk yo‘nalishida 49 ta hujum amalga oshirilgan va bir necha joyda janglar davom etmoqda. Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi huzuridagi Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi rahbari Andrey Kovalenko Rossiyaning bu bayonotlarini G‘arb davlatlariga bosim o‘tkazish maqsadida tarqatilgan dezinformatsiya deb baholadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Volchansk va Kupyansk shaharlarini Rossiya nazoratiga o‘tgani haqidagi da’volar asossiz. OSINT-loyihalar xaritalarida ham bu hududlar hali Ukraina nazoratida ekani qayd etilgan.

Shuningdek, Ukraina OSINT-loyihalari Rossiya armiyasining hujum tezligi oshgani haqida ogohlantirmoqda. Urushni o‘rganish instituti (ISW) ma’lumotiga ko‘ra, Pokrovsk yaqinida dronlar yordamida olib borilgan hujumlar hamda ob-havo sharoitlari Rossiya armiyasining harbiy harakatlariga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yog‘ingarchilik va tuman kabi tabiiy omillar frontdagi vaziyatga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026