Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Bokuda Ali Kerimli va Mamed Ibrohim qamoqqa olindi

Dunyo
24
Bokuda Ali Kerimli va Mamed Ibrohim qamoqqa olindi
Bokuda siyosiy voqealar keskinlashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

1-dekabr kuni Bokuning Sabail tuman sudida "Ozarbayjon Xalq fronti" milliy-demokratik partiyasi rahbari Ali Kerimli va partiya boshqaruvi a’zosi Mamed Ibrohim ustidan hukm chiqarildi. Ular hokimiyatni zo‘ravonlik asosida egallashga urinishda ayblanib, 2 oy-u 15 kun muddatga qamoqqa olindi.

Ayblov tasdiqlansa, siyosatchilar 12 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Ali Kerimli 29-noyabr kuni qo‘lga olingan edi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, undan sobiq prezident administratsiyasi rahbari Ramiz Mextiyev nomidan yozilgan xatlar topilgan. Mextiyev yaqinda davlat to‘ntarishiga urinish va davlatga xiyonatda ayblanib, uy qamog‘iga olingan edi.

Reuters xabariga ko‘ra, Kerimli Mextiyev tomonidan moliyalashtirilganlikda gumon qilinmoqda. Biroq, Kerimli bu ayblovlarni rad etib, ularni siyosiy qatag‘on deb atadi.

Ali Kerimli 2000-yildan beri partiyaga rahbarlik qilib keladi. Unga 20 yil davomida xorijga chiqish uchun pasport berilmagani sababli, Yevropa inson huquqlari sudi bu holatni erkinlikning buzilishi deb e’tirof etgan edi.

Huquq himoyachilari Kerimlining hibsga olinishini mamlakatdagi siyosiy qatag‘onlarning davomi sifatida ko‘rmoqda. "Siyosiy mahbuslar erkinligi uchun" ittifoqining ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil oktyabr holatiga ko‘ra, Ozarbayjonda siyosiy mahbuslar soni 392 nafarga yetgan.

Bu Ilhom Aliyevning 22 yillik prezidentligi davrida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Natijada ko‘plab jurnalistlar, huquq faollari va siyosatchilar mamlakatni tark etishga majbur bo‘lishmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026