Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+18°
пасмурно ветер 2 м/с, В
ENRU

Marsda vaqt Yerdagidan qanday farq qilishi o‘rganildi

Dunyo
61
Marsda vaqt Yerdagidan qanday farq qilishi o‘rganildi
AQSh Milliy standartlar va texnologiyalar instituti (NIST) olimlari Marsda vaqtning Yerdagiga nisbatan qanday farq qilishini o‘rgandi va bu haqda The Astronomical Journal nashrida ma’lumot chop etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, Marsda vaqtning o‘tishi yil davomida o‘zgarib turadi. Ma’lum bo‘lishicha, Marsda bir kun Yerdagiga qaraganda 40 daqiqa uzunroq, yil esa deyarli ikki barobar uzoq davom etadi.

Bu ma’lumotlar avval ham fan olamiga ma’lum edi, ammo olimlarni Marsda sekundning o‘zgarishi va aniq tezligi ko‘proq qiziqtirdi. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, Marsdagi soat Yerdagidan kuniga taxminan 477 mikrosekund tezroq yuradi.

Shu bilan birga, sayyoraning elliptik orbitasi va Quyoshning gravitatsion ta’siri tufayli bu ko‘rsatkich yil davomida 226 mikrosekundgacha o‘zgarib turishi mumkin. Fizik Bijunat Patlana ta’kidlashicha, Marsda vaqtning o‘tishini chuqurroq tushunish kelajakdagi tadqiqot missiyalari uchun muhim ahamiyatga ega.

Ushbu ma’lumotlar Marsda navigatsiya va aloqa tizimlarini sinxronlashtirishda yordam beradi. Shuningdek, kelajakda Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralar uchun ham GPSga o‘xshash tizimlarni yaratishga imkon beradi.

Hozirgi vaqtda Yer va Mars o‘rtasidagi signal uzatish vaqti 4 dan 24 daqiqagacha o‘zgarib turadi. Vaqtni aniq sinxronlashtirish esa ikki sayyora o‘rtasida deyarli real vaqt rejimida aloqa qilish imkonini yaratadi.

Bu tadqiqot kosmik kashfiyotlarni yanada samarali qilishda katta ahamiyat kasb etadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026