Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Marsda vaqt Yerga qaraganda tezroq o‘tadi

Dunyo
42
Marsda vaqt Yerga qaraganda tezroq o‘tadi
Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, Marsda vaqt Yerga nisbatan biroz tezroq o‘tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur xulosa Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasiga asoslanib, ilmiy jihatdan aniqlangan. Tadqiqot natijalari "The Astronomical Journal" jurnalida chop etilgan bo‘lib, Space nashri ushbu ma’lumotlarni kengroq sharhlab bergan.

Aniqlanishicha, Marsdagi vaqtdagi farqning sababi bir nechta omillarga bog‘liq. Marsning Yerga qaraganda zaifroq tortishish kuchiga ega ekani, uning Quyosh atrofidagi orbitasining shakli va Quyosh, Yer hamda Oyning gravitatsion ta’siri bu omillar qatoriga kiradi.

Eynshteynning nazariyasiga ko‘ra, vaqtning o‘tishi kuzatuvchining joylashuvi va gravitatsiya maydoniga bog‘liq. Bu hodisa ilm-fanda "vaqtning sekinlashishi" nomi bilan mashhur bo‘lib, egizaklar paradoksi misolida tushuntiriladi.

Egizaklar paradoksiga ko‘ra, agar ikki egizakdan biri yorug‘lik tezligiga yaqin harakatlanuvchi kemada bo‘lsa, Yerda qolgan egizakdan yoshroq bo‘lib qaytadi. Marsda esa vaqtning tezroq o‘tishiga uning Quyoshdan uzoqroq joylashgani va orbitasining o‘ziga xos shakli sabab bo‘ladi.

Mars Quyoshga yaqinlashganda harakati tezlashadi, uzoqlashganda esa sekinlashadi. Natijada, Marsdagi bir sutka davomida vaqt Yerga nisbatan 477 mikrosekundga qisqaroq bo‘ladi.

Bu kichik farq kelajakda Mars va Yer o‘rtasidagi navigatsiya va aloqa tizimlarini sinxronlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Olimlar bunday farqlarni aniq hisoblash Marsga oid texnologiyalarni samarali boshqarishda zarur ekanini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026