Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Hindistonda oila avtomobilni tantanali dafn etdi

Dunyo
27
Hindistonda oila avtomobilni tantanali dafn etdi
Hindistonning Gujarot shtatidagi Amreli shahrida noodatiy tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Padarshinga qishlog‘ida yashovchi Polara oilasi o‘zlarining 12 yil davomida xizmat qilgan "Wagon R" avtomobilini tantanali ravishda dafn qilishdi. Ushbu voqea Hindistondagi "Times of India" nashrida yoritildi.

Polara oilasi avtomobilni oila uchun omad va baraka ramzi sifatida qadrlashgan. Shu sababli, uni sotish o‘rniga, katta ehtirom bilan dafn etishga qaror qilishdi.

Ular qishloq xo‘jaligi maydonida 4 metr chuqurlikdagi o‘ra qazib, avtomobilni turli diniy marosimlar bilan yerga qo‘yishdi. Ushbu tadbirda 1,5 mingdan ortiq odam qatnashdi, jumladan, ruhoniylar va diniy ulamolar ham ishtirok etdi.

Marosimning video tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Tasvirlarda avtomobil gulchambarlar bilan bezatilgani, diniy duolar o‘qilgach, yashil mato bilan qoplangan holda yerga qo‘yilgani aks etgan.

Tadbir tashkilotchilari avtomobil egasining so‘zlarini keltirgan: "Bu mashina bizga katta muvaffaqiyat va hurmat olib keldi. Shuning uchun uni izzat-ikrom bilan dafn etdik." Marosim uchun 4 million rupiy, ya’ni 44 ming dollarga yaqin mablag‘ sarflangani ma’lum qilindi.

Mehmonlar uchun bayramona dasturxon tashkil etildi. Shuningdek, avtomobil ko‘milgan joyga kelgusida daraxt ekish rejalashtirilmoqda.

Bu ish kelajak avlodlari uchun oilaning tarixiy qadriyatlarini saqlash maqsadida amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026