Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+20°
небольшая облачность ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Rossiyada Snapchat terrorizm xavfi sabab bloklandi

Dunyo
36
Rossiyada Snapchat terrorizm xavfi sabab bloklandi
Rossiyada Snapchat messenjeri bloklandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalarini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmat (Roskomnadzor) ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, ushbu messenjer terrorizmga aloqador harakatlarni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, jinoyatlarni sodir etishda qo‘llanilayotgani aniqlangan.

Shu bilan birga, platformada ma’lumotlarning tarqalishi va boshqa davlatlarga qarshi jinoyatlarning sodir etilishi xavfi borligi qayd etilgan. Snapchat messenjeri 2011-yilda Stenford universiteti talabalari Evan Shpigel, Frenk Braun va Bobbi Merfi tomonidan ishlab chiqilgan.

Platforma foydalanuvchilarga suratlar, xabarlar va videolarni qisqa vaqt ichida avtomatik o‘chib ketadigan shaklda yuborish imkoniyatini bergani bilan mashhur bo‘ldi. Shuningdek, foydalanuvchilarga turli filtrlar va maskalarni qo‘llash imkoniyati ham uning ommalashishiga sabab bo‘lgan.

Snapchat’da ilk bor “hikoyalar” funksiyasi joriy etilgan. 2017-yilda Snapchat’ning bosh kompaniyasi Snap Inc.

Nyu-York fond birjasiga chiqdi va kompaniya qiymati 25 milliard dollarga baholandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilga kelib ushbu xizmatdan oylik foydalanuvchilar soni 943 million kishiga yetishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WhatsApp messenjeri ham Rossiya qonunchiligiga mos kelmasligi sababli bloklanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Ushbu jarayonlar Rossiyada axborot va aloqa tizimlari ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi choralar qatorida amalga oshirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026