ENRU

Afrika pingvinlari ochlik va baliq ovlash qurboni bo‘lmoqda

Dunyo
37
Afrika pingvinlari ochlik va baliq ovlash qurboni bo‘lmoqda
Afrikaning janubiy qirg‘oqlarida 60 mingdan ortiq pingvin ochlikdan halok bo‘lgani aniqlangan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hodisaning asosiy sabablari global iqlim o‘zgarishi va ortib borayotgan baliq ovlash tufayli sardina baliqlarining keskin kamayib ketishidir. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

2004–2012-yillar davomida Janubiy Afrikaning muhim ko‘payish hududlari hisoblangan Dassen va Robben orollarida pingvinlar soni 95 foizdan oshiq kamayib ketgan. Umuman olganda, so‘nggi 30 yil ichida Afrika pingvinlari populyatsiyasi deyarli 80 foizga qisqargan.

Olimlarning ta’kidlashicha, pingvinlar ko‘pincha tullash davrida ochlikdan nobud bo‘lmoqda. Tullash jarayoni taxminan 21 kun davom etadi va bu vaqt ichida ular suvga kira olmaydi.

Shu sababli, bu jarayondan oldin yaxshi semirishlari zarur, aks holda omon qolishlari qiyinlashadi. Pingvinlarning asosiy ozuqasi hisoblangan Sardinops sagax sardinasi soni 2004-yildan beri maksimal darajaning atigi 25 foiziga tushib qolgan.

Suv harorati va sho‘rlanish darajasining o‘zgarishi baliq populyatsiyasining kamayishiga olib kelmoqda. Shunga qaramasdan, mintaqada baliq ovlash hajmi kamaymagan.

2024-yilda Afrika pingvinlari “o‘ta xavf ostidagi tur” sifatida tasniflangan. Hozirda ko‘payish qobiliyatiga ega juftliklar soni 10 mingdan ham kamni tashkil etmoqda.

Bu esa ularning biologik saqlanib qolishi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

O‘xshash yangiliklar

Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Yandeks kompaniyasi jiddiy inqiroz tufayli to'liq to'xtab qolish xavfi ostida turibdi
Rossiyaning yirik texnologik korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng og‘ir inqirozli davrni boshdan kechirmoqda. Soha mutaxassislarining
DunyoBugun, 18:16
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Kyoln shahrida robot o‘smir qizga nisbatan tegajog‘lik qildi
Germaniyaning Kyoln shahrida 16 yoshli qizga nisbatan robot yordamida jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani haqidagi xabar jamoatchilik va huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 16:31
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Krishtianu Ronalduning O'zbekistonga kelishi uchun qat'iy xavfsizlik talablari qo'yildi
Dunyoga mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan
DunyoBugun, 15:44
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44